Sirdaryoda o‘rmonzorlashtirish tadbirlari olib borilmoqda
Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan o‘rmonzorlarni tiklash, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish, shuningdek, hududlarda aholi bandligini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Yangiyer shahrida 20 gektar o‘rmon fondi yer maydoni o‘rmonzorlashtirish uchun tanlab olinib, hozirda hududda ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborilgan.
Ma'lumot o'rnida, 2024-yilda Sirdaryo davlat o'rmon xo‘jaligining Shirin, Gʻalaba, Malek va Guliston bo‘limlarida ko‘chatxonalar maydoni 17 gektarni tashkil etgan. 2025-yilda bu ko'rsatkichni 33 gektarga yetkazish rejalashtirilgan.
Xo‘jalik tomonidan ko‘chat zaxiralarini yaratish maqsadida o'tgan yili 3 tonna mevali va manzarali daraxt urug‘lari ko‘chatxonalarga ekildi. 2025-yilda 4 tonna mevali va manzarali daraxt urug‘larini tayyorlash maqsad qilingan.
Bundan tashqari, mahallalarda 20 nafar ehtiyojmand aholi vakillari bilan o‘rmon fondi yerlarida ko‘chat, dorivor va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida ijara shartnomalari tuzilib, ularning bandligi ta’minlanmoqda.