2015-yilning I choragi davomida o‘rmon xo‘jaligi sohasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida
Hisobot davrida Oʼrmon xoʼjaligi bosh boshqarmasi va uning tizimidagi oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy koʼrsatkichlarning bajarilishini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
2015 yilning I choragi davomida 16,6 ming gektar, (rejaga nisbatan 106 foiz) shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 6,3 ming gektar maydonda choʼl oʼsimliklaridan yangi oʼrmonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga koʼmak berish tadbirlari olib borildi. Rejadagi 134 gektar oʼrniga amalda 152 gektar maydonda niholxona va koʼchatxonalar tashkil etilib, belgilangan reja 113 foizga bajarildi.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi Lola daraxti va Qrim qaragʼayi koʼchatlarini ekishni koʼpaytirish borasidagi 683-F-sonli va 2013 yil 24 avgustdagi Unabi daraxti koʼchatlarini ekishni koʼpaytirish toʼgʼrisidagi 539-f-sonli farmoyishlari ijrosini taminlash maqsadida respublika boʼyicha koʼchat ekish oyligi mavsumida 3000 donadan ortiq Lola daraxti va 32000 donadan ortiq Qrim qaragʼayi 37000 donadan ortiq chilonjiyda koʼchatlari ekildi.
Oʼrmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qoʼriqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 1835 gektar (rejaga nisbatan 100 foiz) (shundan rejadagi 374 gektar maydonda biologik) maydonda oʼrmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash ishlari olib borildi.
2015 yilning I-choragi davomida 33,5 km masofada yongʼinga qarshi yo‘llar 2,8 km yangi himoya liniyalari, 50 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, 150 km oʼrmon xoʼjaligi ahamiyatiga ega va yongʼinga qarshi yo‘llar va 33 km minerallashtirilgan polosalar tamirlanib, barcha koʼrsatkichlar rejaga nisbatan toʼliq bajarilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 yanvardagi “2015-2017 yillarda oʼrmon xoʼjaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xom ashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 5-sonli yigʼilish bayoni bilan tasdiqlangan dasturlar ijrosini taminlash maqsadida 1542,7 gektar maydonda dorivor va ozuqabop oʼsimliklar plantatsiyalari, 41 ta dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xom ashyosini quritish stellajlari, 37 ta saqlash omborxonalari, 14 ta fitobarlar tashkil etildi.
2015 yilning I choragi davomida oʼrmon fondi yerlaridan qoʼshimcha foydalanish tarmoqlarida 191,8 mln. soʼmlik (oʼtgan yilga nisbatan 107,4 foiz) xalq istemol mollari ishlab chiqarildi va 19,4 ming soʼmlik axoliga pullik xizmat koʼrsatildi. Kasanachilik asosida 7 ta qoʼshimcha yangi ishchi oʼrinlari tashkil etildi. Yordamchi xoʼjaliklar tomonidan xisobot davrida 67,8 sentner goʼsht ishlab chiqarildi.
Аxborot xizmati
Ko'proq
Qo'shimcha materiallarni ko'rish
Ko'rib chiqish
Yon panellar
Hikoya
Saqlangan
Tarjimani taklif qiling