Qidirish

Investitsiya loyihalari

O‘zbekiston landshaftlarini barqaror tiklash loyihasi (RESILAND) (P174135) buyicha kiskacha malumot:

Loyihaning maqsadi va tarkibiy qismlari. Loyihani ishlab chiqishdan maqsad (LIChM/ PDO) bu O‘zbekistondagi tanlangan mintaqalardagi tomonidan landshaftni barqaror boshqarish doirasini kengaytirish va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida transchegaraviy landshaftni tiklash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

O‘zbekistonning barqaror landshaftlarini tiklash loyihasi jami 153 million AQSh dollaridan iborat.

Shulardan 142 million AQSh dollari miqdoridagi IDA krediti hisobidan moliyalashtiriladi va 8 million AQSh dollari PROGREEN trast fondi granti va 3 million AQSh dollari Koreya Jahon banki hamkorlik fondi (KWPF) maqsadli jamg‘armasi grantlaridan iborat.

Loyihaning 1-tarkibiy qismi: Institutlar va konunchilik hamda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish (Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) tomonidan 10,50 million AQSh dollari; PROGREEN tomonidan 2,00 million AQSh dollari va Koreya Jaxon Banki xamkorlik fondidan 3,00 AKSh dollari). Ushbu tarkibiy qism konsultatsiya xizmatlarini, tovarlarni, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlarni hamda operatsion xarajatlarni moliyalashtiradi. 1.1-kichik tarkibiy qism konunchiligini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, O‘zbekistondagi o‘rmon landshaftlarini tiklash va barqaror boshqarish hamda O‘zbekistonning yerlarning degradatsiyasi neytralligi (LDN) va milliy belgilangan hissasi (NDC) maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashda asosiy manfaatdor tomonlarning imkoniyatlarini oshirish uchun huquqiy va institutsional bazani yaratishda yordam beradi. 1.2- ushbu kichik komponent  O‘rmon landshaftlarini kayta tiklash (O‘LKT) va o‘rmonlarni boshkarish uchun ahborot-kommunikattsiya texnologiyalari (AKT) platformasini, shu jumladan o‘rmonlarni monitoring kilishning milliy tizimini (O‘MKMT) tashkil etadi. 1.3 - kichik tarkibiy qismi siyosat va strategiyani uyg‘unlashtirish va mintaqaviy darajada paydo bo‘layotgan yangi iqlim tahdidlarini, masalan, haroratning isishi, yog‘ingarchilik tartibini o‘zgarishi va biologik xilma-xillikning yo‘qolishi hamda qurg‘oqchilik muammolarini hal qilish uchun mintaqaviy landshaftni tiklash platformasini yaratish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga hissa qo‘shadi. Ushbu kichik tarkibiy qismning mintaqaviy ikkilamchi samaradorligi o‘zaro bilimlarni kuchaytirish va konunchilikni, standartlar, texnologiyalarni muvofiqlashtirish va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab transchegaraviy landshaftni tiklash uchun baholash usullarining izchilligi bilan bog‘liq.

Loyihaning 2-tarkibiy qismi: Landshaft (Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) tomonidan 84,00 million AQSh dollari; PROGREEN tomonidan 6,00 million AQSh dollari). Ushbu tarkibiy qism ishlarni, konsalting xizmatlarini, konsalting bo‘lmagan xizmatlarni, tovarlarni, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlarni, hamda operatsion xarajatlarni moliyalashtiradi. 2.1-kichik tarkibiy qism urmon bilan landshaftni tiklash va boshkarishni yaxshilashdan iborat. Kuyidagi tadbirlarni uz ichiga oladi:

a) daraxt ekish va turlarini tanlash karorlarni kullab kullash vositasi sifatida uch boskichli elektron geografik axborot tizimiga (GIS) asoslangan tizim ishlab chikish;

b) ximoya (ixota) urmonlari/urmonlarni tiklash maksadlarida daraxtzorlar ekish; v) ekotizim xizmatlariga yunaltirilgan tadbilar, shu jumladan dexkon axoli tomonidan urmon ekish tadbirlari (Green wager dasturi), bio-xilmaxillikni kupaytirish tadbirlari va boshkalar.

2.2-kichik tarkibiy qism doirasida axoli tomonidan yaratilgan daromad manbalarini kuchaytirish va yangi manbalar tuzishga etibo beriladi, shu jumaladan kichik biznes rivojlantirishga grantlar beriladi, biznes treninglar olib boriladi va boshkalar.

Loyihaning 3-tarkibiy qismi: (Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) tomonidan 40,00 million AQSh dollari). Ushbu tarkibiy qism konsalting xizmatlarini, konsalting bo‘lmagan xizmatlarni, tadbirkorlikni rivojlantirishga mos keladigan kredit yeki grantlarni, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlarni, hamda operatsion xarajatlarni moliyalashtiradi. 3.1- kichik tarkibiy kismi Uzbekistonda muxofaza kilinidigan xududlarni boshkarishni takomiilashtirishga yunaltirilgan. Urmon xujaligi bosharuvi ostidagi ikkita muxofaza kilinadigan xudud - Zomin Milliy bogi (Jizzax), va Zarafshon milliy bogi (Samarkand) larning muxofazasi va boshkaruv tizimlari moliyalashtiriladi.

Kichik 3.2 tarkibiy kismi maxalliy sayexlar va ortib borayetgan xalkaro turistlar uchun muljallangan tabitga asoslangan turizmni ekologik jixatdan barkaror va iklimga chidamli targib kiladi.

Investitsiyalar Bobotog va Uzun (Surxandare), Pop (Namangan), Kalansir (Sirdare),Kitob va Shaxrisabz (Kashkadare) kabi Urmon Xujaligi Fondi yerlarida, xamda Jizzax, Samarkand, Surxandare, Namangan, Sirdare va Kashkadare milliy boglari xududlarida yeki ularga tutash xududida amalga oshiriladi.

Loyihaning 4-tarkibiy qismi: Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish (Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) tomonidan 7 million AQSh dollari). Loyihaning 4-tarkibiy qismi konsalting xizmatlarini, konsalting bo‘lmagan xizmatlarni, tovarlarni, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlarni, hamda operatsion xarajatlarni moliyalashtiradi. Ushbu tarkibiy qism O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining xalqaro aloqalar va ekoturizmni rivojlantirish (SCF-IRED) boshqarmasi tarkibidagi loyihani amalga oshirish guruhiga (LAOG/ PIU) va mintaqaviy darajadagi loyihani amalga oshirish guruhlariga qo‘shimcha operatsion xarajatlarni va o‘quv mashg‘ulotlarini, shuningdek Milliy boshqaruv qo‘mitasining (NSC) va texnik ekspert guruhining operatsion xarajatlarini ta’minlaydi. Loyihani amalga oshirish guruhi loyihani boshqarish, muvofiqlashtirish va hisobot tayyorlash topshiriqlarini, shu jumladan yillik ish rejalari va byudjetlarini tayyorlash, xaridlar faoliyati, loyiha mablag‘larini moliyaviy boshqarish (MB/FM), tashqi auditorlarni yollash, loyiha aloqa dasturini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash, hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi, monitoring va baholash hamda hisobot berish bilan shug‘ullanadi. Loyihani amalga oshirish guruhi, shuningdek loyihaning ekologik va ijtimoiy standartlarga muvofiqligini, gender jihatlariga e’tiborliligini va fuqarolarning faolligini ta’minlash uchun javobgardir.

O‘zbekiston landshaftlarini barqaror tiklash loyihasi (RESILAND) (P174135) buyicha kuyidagi ekologik va ijtimoiy boshqaruv buyicha xujjatlar jamoatchilik uchun ochilgan va saytimizda ingliz xamda maxalliy tillarda keltirilgan:

Yangilangan dokumentlar shu saxifaga joylashtiriladi.

1.План экологических и социальных обязательств (ПЭСО).

2. Environmental and Social Commitment Plan (ESCP).

3. Stakeholder Engagement Plan (SEP).

4. Plan Vzaimodeystviya s Zainteresovannimi Storonami (PVZS).

5. Environmental and Social Management Framework (ESMF).

6. Ramochniy Dokument po Ekologicheskim i Sotsialnim Zashitnim Meram

7. Labor Management Plan

8. Plan upravleniya trudovimi resursami

9. Process Framework and Resettlement Process Framework

10. Ramochniy dokument po protsessu i ramochniy dokument po pereseleniyu

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2019 yildagi № PP-4067 qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturining manzilli qismiga kiritish uchun taklif etilayotgan qo‘shimcha sanoat investitsiya loyihalari ro‘yxati.

Tashabbuskorlar va loyihalarning nomi

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar: Eskirgan shag‘alni qayta ishlash zavodini yaratish

Viloyatlar nomi: Buxoro viloyati

Dizayn hajmi: yiliga 70 tonna

Amalga oshirish muddati: 2019-2021

Xorijiy sherik / kreditor: RRB REAL ROAD BUILDING MChJ Qo‘shma korxona

Loyihaning umumiy qiymati: 2 mln $

Kutilgan qiymat 01.01.2019: 2 mln$

2019 yilga rivojlanish ma’lumoti: 1 mln

2019 yilga jalb qilish (moliyalashtirish) prognozi: 1 mln $

Dasturga kiritish uchun asos: Davlat o’rmon xo’jaligi qo‘mitasing xati 01/13-3895 dan 11.11.2019 yil