Аholi va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan tez-tez beriladigan savollar va javoblar
Savol: O‘rmon yerlarini ijaraga olish uchun kimga murojaat qilish kerak?
Javob: Internetga ulangan kompyuter yoki mobil aloqa vositalari orqali “IJARA-URMON.UZ” elektron savdo platformasiga ulanib elektron onlayn-auksionlarni kuzatib borishingiz va tadbirkorlik faoliyatinigizni boshlashga yoki rivojlantirishga mos keladigan o‘rmon fondi yer maydonlarini ijara huquqini yutib olish savdolarida qatanashish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Savol: Auksionda qatnashish tartibi tushintirib bersangiz?
Javob: Internetga ulangan kompyuter yoki mobil aloqa vositalari orqali “IJARA-URMON.UZ” elektron savdo platformasiga ulanib davlat xizmatlari orqali o‘zingizni nomingizga olingan ERI (elektron raqamli imzo) kaliti bilan ID.GOV.UZ yoki EIMZO tizimi orqali tanlagan lotga ariza beriladi. Ariza berishdan oldin savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion shartlari bilan tanishib olishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Savol: Auksionda nechta odam qatnashish mumkin?
Javob: “IJARA-URMON.UZ” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionda bir nafar va unda ko‘p talabgor qatnashishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, davlat o‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish uchun eng yuqori narxni taklif etgan ishtirokchi auksion g‘olibi bo‘ladi.
Savol: Men o‘zim bilgan va ko‘rgan o‘rmon yerini auksionga qo‘yib berishingizni so‘rayman.
Javob: Siz ko‘rgan va bilgan xudud qaysi o‘rmon xo‘jaligiga tegishli bo‘lsa ularga yozma ravishda murojaat qilishingiz lozim bo‘ladi, sababi Siz ko‘rgan o‘rmon fondi yerlari o‘rmon bilan qoplanmaganligi, foylanmayotganligi va bo‘sh turganligi yuzasidan xo‘jalik mutaxassislari xulosa tayyorlab shundan so‘ng “IJARA-URMON.UZ” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion o‘tkazishga maʼlumotlarni buyurtmachiga elektron tarzda yuboradi.
Savol: O‘rmon yerlarida qanday faoliyatlarni amalga oshirish mumkin?
Javob: O‘rmon barpo qilish (ko‘p yillik manzarali va sanoatbop daraxtlarni ekish orqali), mevali va yong‘oq mevali bog‘lar barpo qilish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ko‘chatlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish, baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, estetik va ekologik turizmni rivojlantirish, ovchilik xo‘jaliklari tashkil etish va boshqa faoliyat turlari (limonariya va issiqxonalar, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish) maqsadlarida foydalanish mumkin.
Savol: O‘rmon fondi yerlari nima asosida beriladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida auksion g‘olibiga shartnomaga muvofiq beriladi.
Savol: O‘rmon fondi yerlari ijaraga olgan fuqorolarga necha yilga beriladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida ellik yilgacha bo‘lgan muddatga, uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmagan muddatga beriladi.
Savol: Ijara shartnomasida qanday shartlar, talablar va qoidalar bor?
Javob: Ijaraga berilayotgan o‘rmon fondi uchastkasi maydoni, faoliyat turi, ijara muddati, ijara haqi miqdori va uni to‘lash muddatlari, yer turlari va holati, ijarachining o‘rmon fondi uchastkasidan foydalanish shartlari, ijarachining huquq va majburiyatlari, ijarachining rekvizitlari.
Savol: Men ko‘p yillardan beri tomarqamga tutash bo‘lgan o‘rmon yeridan foydalanib kelaman. Shu yerni menga ijara shartnomasi qilib berishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman?
Javob: Bugungi kunda o‘rmon fondi yerlarini ijaraga olish huquqi “IJARA-URMON.UZ” platformasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilmoqda. Tog‘li va olis qishloqlarda yashovchi mahalliy aholiga o‘ziga yaqin bo‘lgan yoki tomarqasiga tutash bo‘lgan yerlardan ijara asosida foydalanish bo‘yicha yengilik va ustunlik qonunchilikda ko‘zda tutilmagan. Kelgusida, mahalliy aholi vakillariga o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berishda ustunlik berish tartibi ishlab chiqilmoqda.
Savol: O‘rmon fondi yerlaridan qay tartibda ruxsatnoma(kvota) olish mumkin?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim xujjatlani berish tartib-taomiylari to‘g‘risida”gi 86-son qaroring 14-bandida ko‘rsatib o‘tilgan.
Savol: Davlat xizmatlari markazlariga qanday xujjatlar taqdim etiladi?
Javob: O‘zi to‘g‘risida maʼlumot. Xom-ashyo yig‘moqchi bo‘lgan korxona yoki tashkilot rahbarining rozilik xati.
Savol: Davlat xizmatlari markazlari kelib tushgan murojaatlar qanday paytlarda rad etiladi?
Javob: Yer egasini rozilik xati bo‘lmasa va murojaatda so‘ralayotgan dorivor xom-ashyosiga meʼyor ajratilmagan bo‘lsa.
Savol: Cho‘l o‘simliklari urug‘larini saqlash ishlari qanday amalga oshiriladi?
Javob: 30 - 40 sm qalinlikda yoyib vaqt vaqti bilan aralashtirib turilgan xolda saqlanadi.
Savol: Urug‘lar stratifikatsiyasi deb nimaga aytiladi?
Javob: Urug‘larni nam qum bilan aralashtirib bahorda nishlatib ekish tushuniladi.
Savol: Ko‘chatlarni tarbiya bo‘limida o‘stirish deganda nimni tushunasiz?
Javob: Nihollarni va qalamchalarni alohida yerga ekib parvarishlab o‘stirish.
Savol: Qaysi holatlarda tuproqlar “maydoncha” usulida tayyorlanadi?
Javob: Tog‘lik hududlarda texnika bora olmaydigan katta qiyaliklarda ko‘chat ekish uchun yer 2 x1 m yeki 1 x1 metr ulchamda maydoncha usulida tayyorlanadi. Ular shaxmat tarzida tayyorlanadi. Maydonchani yuqori qismidagi ikki chetidan qiya qilib ariqcha kilinadi. Yog‘ingarchilik bo‘lganda qiyaliklardan oqib tushaetgan yemg‘ir suvlari maydonchani ichiga yig‘ilishi kerak. Maydonchani yuzasi ko‘chat ekilgan tarafga nishabrok bo‘ladi, suvlar maydonchadan toshib chiqib ketmasligi kerak.
Savol: Hududlar bo‘yicha ixota daraxtzorlari barpo etish uchun yer maydonalari qanday aniqlanadi?
Javob: Viloyat xokimligi tomonidan tasdiqlangan Ishchi guruhi tomonidan ihota daraxtzorlari barpo etish uchunJavob yer maydonlari tanlanadi.
Savol: Yangi barpo etilgan o‘rmonzorlar qaysi paytda texnik ko‘rikdan o‘tib texnik qabul qilinadi?
Javob: Bahorgi o‘rmon ekish ishlari yakunlangandan keyin 10 kun ichida.