Qidirish

Аxborotdan foydalanuvchilarning ochiq yig‘ilishlarda bevosita qatnashishini taʼminlash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma

Аxborotdan foydalanuvchilarning ochiq yigʼilishlarda bevosita qatnashishini taʼminlash toʼgʼrisidagi

YOʼRIQNOMА


I. Umumiy qoidalar

1. Qoʼmita fuqarolar (jismoniy shaxslar), shu jumladan, tashkilotlar (yuridik shaxslar), jamoat birlashmalari, oʼzini-oʼzi boshqarish organlari vakillarining oʼz kollegial yigʼilishlarida ishtirok etishlari imkoniyatini taʼminlaydi.

2. Qoʼmita kollegial yigʼilishlari jamoatchilik uchun ochiq hisoblanadi, yopiq yigʼilishlar bundan mustasno.


II. Yigʼilishlar oʼtkazish toʼgʼrisida axborotdan foydalanuvchilarni xabardor qilish

3. Qoʼmita oʼz veb-saytida ochiq yigʼilishlari kun tartibini, shuningdek, uni oʼtkazish sanasi, vaqti va joyini koʼrsatgan holda yigʼilish oʼtkazish rejasini eʼlon qiladi.

4. Qoʼmita oʼzi joylashgan joylarda axborot stendini jihozlaydi, ushbu stendda yigʼilish kunidan kamida bir hafta oldin yigʼilishning kun tartibi, vaqti, shuningdek, yigʼilish oʼtkazishning ochiq va yopiq rejimi toʼgʼrisida axborot joylashtiriladi.


III. Yigʼilishlarda qatnashishni tashkil qilish

5. Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar vakillarining yigʼilishlarda ishtirokini taʼminlash maqsadida qoʼmitada tegishli yigʼilishda ishtirok etishni xohlovchilar roʼyxatga olish jurnaliga yoziladi. Tashrif buyuruvchi toʼgʼrisidagi axborotni qayd qilish va uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi yigʼilishda qatnashish uchun asos boʼlib hisoblanadi. Yozuv yigʼilishda ishtirok etishni xohlovchi fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxsning vakili uchun – yuridik shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, nomi, shuningdek egallab turgan lavozimini oʼz ichiga oladi. Boshqa maʼlumotlar yoki hujjatlarni taqdim etish shart emas.

6. Tashkiliy-texnik imkoniyatlardan kelib chiqib yigʼilish oʼtkazish zalida tashrif buyuruvchilar uchun joylar jihozlanadi. Tashrif buyuruvchilar uchun joylar soni yozilganlar sonidan kelib chiqib hisoblanadi. Joylarni taqdim etish ketma-ketligining ustuvorligi roʼyxatga olish jurnalidagi yozuvning ketma-ketligidan kelib chiqadi.


IV. Tashrif buyuruvchilarning yigʼilishlarda qatnashish tartibi

7. Qoʼmita kollegial yigʼilishlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining qatnashishi ularning oʼtkazilishiga xalaqit bermasligi kerak.

8. Yigʼilishda qatnashishning belgilangan tartibi buzilganda raislik qiluvchi tartib buzuvchiga tanbeh beradi, tartib qayta buzilganda esa uni yigʼilish zalidan chiqarib yuboradi.

9. Yigʼilishda ishtirok etuvchi tashrif buyuruvchilar yozish, shuningdek, fotosuratga olish, audio va videoyozuvni oʼtkazish huquqiga egadirlar, agar bu yigʼilish oʼtkazilishiga xalaqit bermasa.