Qidirish

Аxborotdan foydalanuvchilarning so‘rovlari asosida og‘zaki va yozma shaklda axborot taqdim etish tartibi

Аxborotdan foydalanuvchilarning soʼrovlari asosida ogʼzaki va yozma shaklda axborot taqdim etish tartibi toʼgʼrisidagi

YORIQNOMА


I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Yo‘riqnoma Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʼgʼrisida»gi qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.

2. Oʼzbekiston Respublikasining «Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi qonuniga muvofiq, axborotdan foydalanuvchilarga qoʼmitaning faoliyati toʼgʼrisida axborot taqdim etilishi haqidagi soʼrovlar bilan Oʼzbekiston Respublikasining davlat tilida murojaat etish, shuningdek, ularga davlat tilida javoblar olish huquqi taminlanadi. Аxborotdan foydalanuvchilarning boshqa tillarda ham murojaat etish va javob olish huquqi taʼminlanadi.


II. Murojaatlarni koʼrib chiqish

3. Qoʼmita va uning tarkibiy boʼlinmalarining faoliyati toʼgʼrisida axborot taqdim etilishi haqida belgilangan tartibda berilgan soʼrovlar albatta koʼrib chiqilishi kerak.

4. Аxborotdan foydalanuvchilarning qoʼmita faoliyati toʼgʼrisida axborot taqdim etilishi haqidagi soʼrovlarini koʼrib chiqish qoʼmita rahbariyati rezolyutsiyasida belgilangan tegishli tarkibiy boʼlinmalar rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.

5. Qoʼmita tarkibiy boʼlinmalari rahbarlari tadbirlarning oʼz vaqtida oʼtkazilishi, shuningdek, axborotdan foydalanuvchilarning soʼrovlari boʼyicha taqdim etiladigan tahliliy materiallarning oʼz vaqtida taqdim etilishi va sifati uchun shaxsan javobgardir.

6. Аxborotdan foydalanuvchi qoʼmitaning faoliyati haqidagi soʼrov bilan ham bevosita, ham qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatlari rasmiylashtiriladigan oʼz vakili orqali ogʼzaki yoki yozma (shu jumladan, elektron shaklda) murojaat etish huquqiga ega.

7. Аxborotdan foydalanuvchining soʼrovi agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, u roʼyxatga olingan kundan etiboran oʼn besh kundan oshmagan muddatda koʼrib chiqilishi kerak.

Ommaviy axborot vositalarining qoʼmitaning faoliyati toʼgʼrisida axborot olish uchun soʼrovi, shuningdek, mansabdor shaxslar bilan suhbat (intervьyu) tashkil etish toʼgʼrisidagi soʼrovi etti kundan oshmaydigan muddatda koʼrib chiqiladi.

Аgar soʼrov qoʼmitaning vakolatiga taalluqli boʼlmasa, u soʼrovni roʼyxatga olingan kundan etiboran uch kun ichida soʼralayotgan axborotni berish qaysi organ vakolatiga kiritilgan boʼlsa, shu organga yuboradi va bu haqda foydalanuvchini xabardor qiladi.

Аgar qoʼmita olingan soʼrov boʼyicha boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organining vakolati haqida malumotlarga ega boʼlmasa, unda soʼrov roʼyxatga olingan kundan etiboran uch kun ichida foydalanuvchiga tegishli javob yo‘llanadi.

8. Foydalanuvchining qoʼmitaning faoliyati toʼgʼrisida axborot taqdim etish haqidagi soʼrovi rad etilgan taqdirda, foydalanuvchiga rad etish sabablari asoslantirilgan holda tegishli javob yo‘llanadi.

9. Jismoniy shaxsning soʼrovida fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi toʼgʼrisidagi malumotlar koʼrsatilishi, soʼrovning mohiyati bayon etilgan boʼlishi kerak. Yuridik shaxsning soʼrovida mazkur soʼrovni amalga oshirayotgan tashkilotning nomi, yuridik manzili, mansabdor shaxsining familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʼrsatilishi, soʼrovning mohiyati bayon etilgan boʼlishi kerak.

Аxborotdan foydalanuvchining yuqorida koʼrsatilgan, shaxsini bilish imkoniyatini beruvchi malumotlarni oʼz ichiga olmagan soʼrov anonim hisoblanadi va koʼrib chiqilmaydi.

Soʼrov qoʼmita nomiga yoki uning soʼrovda qoʼyilgan masalalar yuzasidan axborot berish vakolatiga kiradigan mansabdor shaxsi nomiga yo‘llanadi.

Belgilangan tartibda berilgan soʼrov koʼrib chiqilishi shart.

10. Аxborotdan foydalanuvchilarning qoʼmitaning faoliyati toʼgʼrisidagi soʼrovlarini koʼrib chiqish chogʼida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini kamsituvchi malumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qoʼyilmaydi.


III. Fuqarolarning yozma murojaatlarini qabul qilish va roʼyxatdan oʼtkazish

11. Аxborotdan foydalanuvchilarning soʼrovlari boʼyicha amalga oshiriladigan ishni yuritish qoʼmita Devonxona tomonidan ish yuritishning boshqa turlaridan alohida yuritiladi.

12. Qoʼmitaga axborot foydalanuvchilaridan ularning faoliyati yuzasidan tushadigan barcha soʼrovlar Devonxona tomonidan qabul qilinadi va ular tushgan kuni maxsus jurnalda roʼyxatga olinadi.

13. Аxborotdan foydalanuvchining ayni bir shaxsdan va ayni oʼsha masala boʼyicha tushgan soʼrovi, agar birinchi soʼrov berilgan vaqtdan etiboran qonunda belgilangan tartibida soʼrovga javob berish muddati oʼtgan boʼlsa yoki axborotdan foydalanuvchi oʼziga berilgan javobdan qanoatlanmagan boʼlsa, takroriy deb hisoblanishi kerak.

Takroriy soʼrovga u tushgan paytda navbatdagi roʼyxatga olish indeksi beriladi, roʼyxatga olish-nazorat yozuvining tegishli ustunida «takroriy» degan belgi qoʼyiladi.

14. Soʼrovlar rahbariyat tomonidan koʼrib chiqilganidan keyin, Devonxona tomonidan roʼyxatga olish-nazorat kartochkasiga tegishli belgi qoʼyilgan holda masul ijrochilarga topshiriladi.

15. Аgar axborot olishga doir soʼrovni koʼrib chiqish bir necha shaxsga topshirilsa, unda rezolyutsiyada birinchi koʼrsatilgan mansabdor shaxs masul ijrochi hisoblanadi.


IV. Аxborotdan foydalanuvchilarning soʼrovlari harakati va koʼrib chiqilishi ustidan nazorat qilish

16. Аxborot taqdim etish haqidagi soʼrovlarni koʼrib chiqish soʼrovni amalga oshirayotgan axborotdan foydalanuvchiga barcha soʼralayotgan axborot taqdim etilganidan va ular koʼrib chiqish uchun topshiriq bergan rahbarning nazoratidan chiqarilgandan keyingina tugallangan deb hisoblanadi.

17. Аxborot taqdim etish haqidagi soʼrovlarga javoblarga rahbariiyat rezolyutsiyaga muvofiq bunga vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.

18. Аxborot taqdim etish haqidagi soʼrovga ogʼzaki javob berilgan hollarda roʼyxatga olish kartochkasiga tegishli yozuv yozib qoʼyiladi.

19. Koʼrib chiqish materiallari asosida masul ijrochi yoki nazoratni amalga oshiruvchi shaxs koʼrib chiqish natijalari haqida soʼrovni koʼrib chiqish haqida topshiriq bergan rahbarga nazoratdan chiqarish uchun malumot beradi.

Koʼrib chiqishga doir barcha materiallar tizimlashtirish va arxivda saqlashini tashkil etish uchun Devonxonaga topshiriladi.


V. Аxborotdan foydalanuvchilarni shaxsan qabul qilish

20. Аxborotdan foydalanuvchilarni qoʼmita rahbariyati, ularning oʼrinbosarlari, shuningdek, bu ishga vakolat berilgan mansabdor shaxslar tomonidan belgilangan jadvalga muvofiq kunlar va soatlarda amalga oshiriladi.

21. Аxborotdan foydalanuvchilarni qabul qilish amalga oshirilganligi haqidagi malumotlar maxsus jurnalda qayd etib boriladi.