Brifing: O‘rmon xo‘jaligida qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish hisobiga yalpi daromad 290 mlrd so‘mni tashkil etdi va 10 mingta yangi ish o‘rni yaratildi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati rahbari Otabek Ashurov sohada 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi:
Amalga oshirilgan ishlar sarhisobi:
Ma'lumki, o‘rmon fondi yerlari 12 million gektarga yetkazildi.
2022 yilda tarmoq, soha, yo‘nalishlari va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘pgina chora-tadbirlar, ishlar amalga oshirildi.
Xususan, o‘rmon fondining foydalanilmayotgan 7 ming gektar yer maydonlari o‘zlashtirilib, oborotga kiritildi, 2,3 ming gektar yer maydonlari jismoniy va yuridik shaxslarga uzoq muddatga ijaraga berildi.
Orol dengizining qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida jami 208 ming gektar, shundan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida 107 ming gektar, Buxoro viloyatida 40 ming gektar, Navoiy viloyatida 50 ming gektar, Xorazm viloyatida 11 ming gektar maydonda cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar”, himoya o‘rmonzorlari shuningdek, sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari dala chetlarida 2,5 ming gektar maydonda ihota daraxtzorlari barpo etildi.
O‘rmon barpo qilish, niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari uchun daraxt va butalarning 1 ming tonna urug‘lari tayyorlandi.
Jami 113 million dona tuproq-iqlim sharoitga mos turdagi manzarali, mevali daraxt hamda butalarning nihol va ko‘chatlar yetishtirildi.
Respublika hududlarida jami 76,4 million dona, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5,3 mln. dona, Andijonda 5,9 million dona, Buxoroda 6,0 million dona, Jizzaxda 6,0 million dona, Qashqadaryoda 6,3 million dona, Navoiyda 5,3 mln. dona, Namanganda 5,9 million dona, Samarqandda 6,2 million dona, Surxondaryoda 6,0 million dona, Sirdaryoda 5,3 mln. dona, Toshkentda 6,3 million dona, Farg‘onada 5,7 million dona, Xorazmda 5,7 million dona va Toshkent shahrida 0,4 million dona) manzarali, mevali va boshqa turdagi ko‘chatlar ekildi.
O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan kuzgi ko‘chat ekish mavsumida ko‘chatlarni yetkazib berish bo‘yicha reja-grafigi tasdiqlandi hamda 13,5 mln. tup ko‘chatlar yetkazib berildi.
Bundan tashqari, “Yashil hudud” DUK va uning hududiy korxonalari hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari” tashkil etilishi bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
Buning natijasida:588,4 gektar maydonda “yashil bog‘lar”, 662,3 gektar maydonda “yashil jamoat parklari” tashkil etildi, 5 ming gektar maydonda dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari barpo etilib, 8,6 ming tonna dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosi tayyorlandi.
oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida 28 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi, 30 gektar maydonda issiqxona (limonariy)lar tashkil etildi.
Xususiy sektor sub'ektlarini keng jalb qilish hisobiga chorva soni 160 ming boshga, parranda soni 1,1 mln. boshga, asalari oilasi soni 210 ming taga yetkazildi.
Sohada qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish hisobiga yalpi daromad 290 mlrd. so‘mni tashkil qildi va 10 ming ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O‘rmon xo‘jaliklarida “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10054 ta aholi ( 3 ming 414 nafar yoshlar, 1 ming 626 nafar xotin-qizlar) yangi ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
O‘rmon fondining o‘zlashtirilmagan yerlarida 20 dona tik quduqlar, 15 dona suv nasoslari ishga tushirish uchun 14 milliard so‘m pul mablag‘lari sarflandi hamda 1,9 ming gektar yer maydonlari foydalanishga kiritildi.