Qidirish

Eʼlon qilinishi mumkin bo‘lmagan maʼlumotlar ro‘yxati

Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq quyidagi maʼlumotlar axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etilmaydi:

Bosh boshqarmaning faoliyati toʼgʼrisidagi axborot jumlasiga kirmaydigan huquqiy-normativ hujjatlar;

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlarining alohida bandlarida belgilangan maʼlumotlar;

“maxfiy” va “xizmat doirasida foydalanish uchun” (XDFU) belgisi qoʼyilgan hujjatlarda keltirilgan malumotlar;

ichki yozishmalar;

qoʼmita markaziy apparati va tizim tashkilotlari rahbar va mutaxassislari, ishchi-xizmatchilarining shaxsiga oid maʼlumotlar;

tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar.