Qidirish

Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni 5-moddasiga muvofiq O‘rmon xo‘jaligi agentligi faoliyati bo‘yicha axborotdan foydalanuvchilarga quyidagi maʼlumotlar tegishli tartibda taqdim etiladi:

– agentlikning huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar?

– agentlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hamda boshqa hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishining borishi hamda ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi maʼlumotlar?

– agentlik tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarning amalga oshirilishi, markaziy apparat boshqarmalari, mustaqil bo‘limlari faoliyatiga oid hisobotlar, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tezkor maʼlumotlar?

– agentlikda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi maʼlumotlar?

– agentlikning boshqa organlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar?

– amalga oshirilishida agentlik ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar?

– agentlikda o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi maʼlumotlar?

– agentlik markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi maʼlumotlar?

– agentlikning ochiq hayʼat majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan, majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir bo‘lish tartibi?

– agentlikda qabul qilingan buyruqlar, hayʼat qarorlari, fuqarolarning shikoyat va arizalari bilan ishlash to‘g‘risida maʼlumotlar.

Agentlik faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.