Har bir hudud yer davlat muhofazasidadir! (15.04.2024 yil)
Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligi Yozyovon tumani tabiat yodgorligi bo‘limida barxanlarini noqonuniy qazib olinishi borasida murojaati mas’ullar tomonidan o‘rganilgan.
Farg‘ona shaxarda istiqomat qiluvchi fuqaro S.S.Q. tomonidan Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligining Yozyovon tumanida joylashgan Tabiat yodgorligi bo‘limining janub tomonida joylashgan ichki zax qochirish kollektorini texnik tozalash maqsadida hududdagi mavjud floraga ziyon yetkazmagan holda HYUNDAI-140 rusumli texnikani olib o‘tib, muhofaza zonasida turgan holda kollektorni tozalash ishlarini olib borayotgan vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining hududiy boshqarmasini mas’ul xodimlari kelib texnika faoliyatini to‘xtatgan va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 82-moddasi, 2-qismi bo‘yicha fuqaro S.S.Qga3 400 000 so‘m jarima belgilagan.