Qidirish

Har daraxtning o‘rni bor (03.05.2024 yil)

O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan respublikadagi o‘rmonlar maydonini kengaytirish, qayta tiklash, muhofaza qilish va qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Daraxtlarni noqonuniy kesmaslik, ularni asrash borasida yo‘llangan har bir murojaat alohida e’tiborda.

Dehqonobod tumani o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 139-konturda 24 gektar bog‘ hamda bog‘da tog‘ archasi, tog‘ lolasi kabi noyob o‘simliklar, dorivor giyohlar borligi va ushbu bog‘dagi noyob daraxtlar yo‘q qilinayotganligi to‘g‘risidagi murojaat yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tuman hokimligining 2004 yil 13 maydagi X-631 qarori bilan Dehqonobod tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Almat archasi” fermer xo‘jaligiga tumanning 110, 124q, 134q hamda 139-konturlardan jami 40 gektar yer maydoni ajratilgan.

Ushbu 139-konturdagi 24,4 gektar maydondangi bog‘ “Almat archasi” fermer xo‘jaligiga tegishli ekanligi va Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi yer maydoniga kirmasligi ma’lum qilinadi.