Qidirish

Kesilgan daraxtlar uchun javobgarlik belgilab qo‘yilgan... (5.09.2023 yil)

O‘zbekistonda daraxtlarning kesilishi bilan bog‘liq muammolar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokama mavzusiga aylanib ulgurgan.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash lozimki, daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasidasiga muvofiq, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Xo‘jaidod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan daraxtlarning kesilishi holati yuzasidan ariza kelib tushgan.

O‘rganishlarga ko‘ra, arizada tilga olingan Zarafshon archa daraxtlari bundan 5 yil ilgari noma'lum shaxslar tomonidan kesib ketilgan hamda mazkur hudud Boysun o‘rmon xo‘jaligi hududiga qarashli emas.

Boysun o‘rmon xo‘jaligiga tegishli barcha hududlar muhofazasi soha mutasaddilari tomonidan nazoratga olingan, daraxtlarni kesish holatlari aniqlanmagan.