Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi (20.09.2023 yil)
Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi milliy qonunchilik bilan tartibga solingan.
“Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani o‘rmon xo‘jaligi ishchilari majburan paxta terimiga chiqarilyapti. Bu holat to‘g‘rimi? Bizlar paxtaga borsak, daraxtlar qarovsiz qoladi, suv quvuri ham ishdan chiqishi mumkin...” mazmunidagi murojaat kelib tushgan.
Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan Dehqonobod tumani Sarchashma MFY Duob qishlog‘ida yashovchi fuqarolar E.S va O.B Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligida ishchi bo‘lib ishlaydi. Ishchilar bajargan ishiga qarab ish haqi oladi. Xodimlar majburiy paxta terimiga jalb etilmagan.
Shuningdek, suv quvuri kuchli bosim bo‘lganligi sababli quvur yorilish holatlari bo‘lib turadi. Quvur yorilgan joylar o‘z vaqtida o‘rmon begi tomonidan bartaraf qilinadi.
Ko‘chatxonadagi ko‘chatlarni holati yaxshi, parvarish ishlari doimiy ravishda bajarib kelinmoqda. E.S oylik ish haqini qaydnomaga o‘zi imzo chekib olib kelgan.
U bilan suhbat o‘tkazilganda ishchilar bilan o‘zaro kelishmovchilik bo‘lganligi sababli ijtimoiy tarmoqqa chiqqanligini bildirgan, o‘z xatosini tushuntirish xati orqali bayon etgan.
Xodimlarga majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarga duch kelinsa, tegishli “ishonch telefon”lariga murojaat qilishlari tushuntirilgan.