Qidirish

Matbuot xizmati bilan bog'lanish

  

      Oripova Yulduz Abdullaevna

      O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati vazifasini
      vaqtinchalik 
bajaruvchisi.

      Tel: +998 (71) 207-88-77.

      Elektron manzil: matbuot@urmon.uz.


            Matbuot kotibining vazifa va funksiyalari:
      Jamiyat rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish. Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralarning axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash. Keng jamoatchilikni Jamiyat faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish. Ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish. Jamiyatning rasmiy veb-saytida yangiliklarni tezkorlik bilan joylashtirish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish. Jamiyatning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharxlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash. Jamiyat faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida Jamiyat rahbariyatiga axborot berish. Jamiyat faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

     Xizmat yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
    OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi. Ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, Jamiayat rahbariyati ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi. OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi. Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni Jamiyatning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi. Jamiyat faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda milliy nashrlarda e’lon qiladi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi. Jamiyat faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini hamda milliy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi, Jamiyat rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi. OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarining tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi. Jamiyat faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy OAV hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Jamiyat tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi; Jamiyat faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.