Qidirish

O‘rmon xo‘jaligi agentligida 2022-yilda korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning 96 tasida mazmunan korrupsiya faktlariga doir ma'lumotlar ko‘rsatilgan.

Ushbu murojaatlarni viloyatlar kesimida taqsimlaganda quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:

Samarqand viloyati bo‘yicha – 23ta (23,9%), Farg‘ona viloyati – 25ta (26,1%), Surxondaryo viloyati – 16ta (16,6%), Toshkent sh. va viloyati – 14ta (14,5%), Navoiy viloyati – 6ta (6,2%), Qashqadaryo viloyati – 6ta (6,2%), Namangan viloyati – 3ta (3,1%), Buxoro viloyati – 2ta (2,1%) va Sirdaryo viloyati – 1ta (1%).

Ushbu murojaatlarni kelib tushgan aloqa kanallari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: – 54 tasi yozma ravishda, 24 tasi hukumat virtual qabulxonasidan, 12 tasi elektron pochta orqali, 3 tasi ishonch telefonlari orqali kelgan bo‘lsa, 3 tasi agentlik mas'ul xodimi tomonidan qabul qilingan.

Murojaatlarning 18 tasi takroriy, 10 tasi dublikat hisoblanadi.

Mazkur murojaatlarning 41 tasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga muvofiq xuquq tartibot idoralari va boshqa tashkilotlariga yuborilgan; 4 tasi ushbu Qonunning 29-moddasiga muvofiq tegishli xulosa berish orqali ijobiy hal etilgan; 39 ta murojaat mualliflariga huquqiy va tegishli tushuntirish berilgan, 12 tasi murojaatchilarning foydasiga ijobiy hal qilingan.

Shuningdek, murojaatlarni o‘rganish davomida ulardan 3 tasida quyidagi qonun buzilish holatlari aniqlangan. Jumladan:

–Yangiyo‘l o‘rmon bo‘limida daraxtlarni noqonuniy kesilishi va o‘rmon yerlaridan noqonuniy foydalanish holatlari natijasida 73 mln. so‘mdan ortiq kamomad mavjudligi aniqlangan. To‘plangan materiallar xuquqiy baxo berish uchun O‘zbekiston Respublikasi DXXga yuborilgan;

–Paxtachi davlat o‘rmon xo‘jaligida ijara shartnomalari bo‘yicha mablag‘larni kirim qilinmasligi, maqsadsiz ishlatilganligi va boshqa holatlar natijasida 83 mln. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan. To‘plangan xujjatlar Paxtachi tumani prokuraturasiga yuborilgan.

–Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligida mehnat munosabatlari va ijara shartnomalari bilan bog‘liq xolatlar yuzasidan o‘rganish natijalari Farg‘ona viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga yuborilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijalari yuzasidan mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish maqsadida, tizim tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatar xaritasini tayyorlashda inobatga olingan.

Komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i Ro‘ziyev U.A.