Qidirish

O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi bo’yicha 2015-yilning III choragi davomida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to’g’risida ma’lumot

Hisobot davrida O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi va uning tizimidagi o’rmon xo’jaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

2015 yilning III choragi davomida 18,3 ming gektar, (rejaga nisbatan

108 foiz) shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 6,5 ming gektar maydonda cho’l o’simliklaridan yangi o’rmonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga ko’mak berish tadbirlari olib borildi.

Rejadagi 224 gektar o’rniga amalda 262 gektar maydonda niholxona va ko’chatxonalar tashkil etilib, belgilangan reja 117 foizga bajarildi.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi lola daraxti va qirim qarag’ayi ko’chatlarini ekishni ko’paytirish borasidagi 683-F-sonli

va 2013 yil 24 avgustdagi 539-f-sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo’yicha ko’chat ekish oyligi mavsumida 4600 donadan ortiq lola daraxti va 34900 donadan ortiq qirim qarag’ayi 39000 donadan ortiq chilonjiyda ko’chatlari ekildi.

O’rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo’riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida rejadagi 23,5 ming gektar (rejaga nisbatan 100 foiz) maydonda o’rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan rejadagi 14,9 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi.

2015 yilning III choragi davomida rejadagi 141,5 km masofada yong’inga qarshi yo’llar 36 km yangi ximoya liniyalari, 314 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, rejadagi 1611 km o’rmon xo’jaligi ahamiyatiga ega

va yong’inga qarshi yo’llar va rejadagi 1485 km minerallashtirilgan polosalar ta’mirlanib, barcha ko’rsatkichlar rejaga nisbatan to’liq bajarilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 yanvardagi “2015-2017 yillarda o’rmon xo’jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va ozuqabop o’simliklar xom ashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 5-sonli yig’ilish bayoni bilan tasdiqlangan dasturlar ijrosini ta’minlash maqsadida 1822,8 gektar maydonda dorivor va ozuqabop o’simliklar plantatsiyalari, 94 ta dorivor

va ozuqabop o’simliklar xom ashyosini quritish stellajlari, 75 ta saqlash omborxonalari, 2 ta dorivor va ozuqabop o’simliklar xom ashyosini qadoqlash liniyalari tashkil etildi.

2015 yilning III choragi davomida o’rmon fondi yerlaridan qo’shimcha foydalanish tarmoqlarida 543,8 mln. so’mlik (o’tgan yilga nisbatan

103,7 foiz) xalq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va 61,4 ming so’mlik axoliga pullik xizmat ko’rsatildi.

Kasanachilik asosida 14 ta qo’shimcha yangi ishchi o’rinlari tashkil etildi.