O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi bo‘yicha 2017-yilning I choragi davomida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida ma’lumot
Hisobot davrida O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va uning tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
2017 yilning I choragi davomida 18 ming gektar, (rejaga nisbatan 100 foiz) shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 7 ming gektar maydonda cho‘l o‘simliklaridan yangi o‘rmonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga ko‘mak berish tadbirlari olib borilgan.
Rejadagi 141 gektar o‘rniga amalda 153 gektar maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etilib, belgilangan reja 108 foizga bajarilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi lola daraxti va qirim qarag‘ayi ko‘chatlarini ekishni ko‘paytirish borasidagi 683-F-sonli va 2013 yil 24 avgustdagi 539-f-sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo‘yicha ko‘chat ekish oyligi mavsumida 3500 donadan ortiq lola daraxti va 64300 donadan ortiq qirim qarag‘ayi 79000 donadan ortiq chilonjiyda ko‘chatlari ekilgan.
Hozirda respublikamiz xududida manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
O‘rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo‘riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida rejadagi 604,3 gektar (rejaga nisbatan 100 foiz) maydonda o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan rejadagi 106,7 gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borilgan.
2017 yilning I choragi davomida rejadagi 25,5 km masofada yong‘inga qarshi yo‘llar 2 km yangi ximoya liniyalari, 5,8 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, rejadagi 25,5 km o‘rmon xo‘jaligi ahamiyatiga ega va yong‘inga qarshi yo‘llar va rejadagi 121,5 km minerallashtirilgan polosalar ta’mirlanib, barcha ko‘rsatkichlar rejaga nisbatan to‘liq bajarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘rmon xo‘jaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor o‘simliklar etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4-sonli yig‘ilish bayonining ijrosini ta’minlash maqsadida 1380,4 gektar maydonda dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etilgan.
2017 yilning I choragi davomida o‘rmon fondi erlaridan qo‘shimcha foydalanish tarmoqlarida 234,7 mln. so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan 110,4 foiz) xalq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va 24,4 ming so‘mlik axoliga pullik xizmat ko‘rsatilgan.
Kasanachilik asosida 10 ta qo‘shimcha yangi ishchi o‘rinlari tashkil etildi.
Yordamchi xo‘jaliklar tomonidan hisobot davrida 81,4 tsentner go‘sht ishlab chiqarilgan.
Tizim xo‘jaliklari tomonidan xisobot davrida 314 tn qora metall parchalari yig‘ib topshirilib, topshiriq 100,6 foizga bajarilgan.