O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimida 2017-yil davomida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida ma’lumot
Hisobot davrida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
2016 yilda 44 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo etilgan bo‘lsa, 2017 yilda 44,5 ming gektar erda (o‘sish 101%) (o‘tinbop-1 600 ga, yong‘oqmevali-4 466 ga), shu jumladan Orolning qurigan tubida 19,0 ming gektar maydonda o‘rmon barpo etildi.
O‘rmonlarning xatosini to‘ldirish tadbirlari 2016 yilda 17,2 ming gektarda amalga oshirilgan bo‘lsa, 2017 yilda 18 ming gektarda (o‘sish 102%) bajarildi. 2018 yilda bunday tadbirlar 18,5 ming gektarda bajarilishi rejalashtirilmoqda.
O‘rmon barpo qilish va ko‘chatxonalar tashkil etish tadbirlari uchun
2016 yilda 181 tonna tayyorlangan bo‘lsa, 2017 yilda 240 tonnadan (o‘sish 132%) ortiq turli daraxt va buta urug‘lari tayyorlandi. 2018 yilda 300 tonna urug‘ tayyorlash rejasi belgilangan.
O‘rmon barpo qilish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida 2016 yilda 650 gektarda 39 mln.dona ko‘chat va nihollar etishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilda 700 gektardan ortiq ko‘chatxonalarda 45,0 mln.dona (o‘sish 115%) nihol va ko‘chatlar etishtirildi. Jumladan, 19,9 mln.dona manzarali va tez o‘suvchi daraxtlarning nihol va ko‘chatlari, 4,5 mln.dona ignabargli daraxt ko‘chatlari, 3,9 mln.dona mevali ko‘chatlar, 1,4 mln.dona yong‘oq mevali ko‘chatlar va 15 mln. donadan ortiq cho‘l o‘simliklari nihollari etishtirildi.
O‘rmon xo‘jaliklarining o‘z ehtiyojlariga hamda tashkilotlar va aholi extiyojlari uchun 2018 yilda 50 mln dona turli xil daraxt va butalar nihollari va ko‘chatlarini etishtirishni tashkil etish rejalashtirilgan.
Yosh o‘rmonlarni parvarishlash tadbirlari 2016 yilda 33,6 ming gektarda bajarilgan bo‘lsa, 2017 yilda 45,1 ming gektarda (o‘sish 134,2%) bajarildi. 2018 yilda ushbu tadbirlarni 46 ming gektarda bajarish rejalashtirilmoqda.
O‘rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo‘riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida rejadagi 25,9 ming gektar (rejaga nisbatan 100 foiz) maydonda o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan rejadagi
15,7 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi.
2017 yil davomida rejadagi 132 km masofada yong‘inga qarshi yo‘llar
36 km yangi himoya liniyalari, 279 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, rejadagi 1756 km o‘rmon xo‘jaligi ahamiyatiga ega va yong‘inga qarshi yo‘llar va rejadagi 1791 km minerallashtirilgan polosalar ta’mirlanib, barcha ko‘rsatkichlar rejaga nisbatan to‘liq bajarilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘rmon xo‘jaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 03-12-5-sonli yig‘ilish bayoni ijrosi bo‘yicha O‘rmon xo‘jaliklarida madaniy holda etishtiriladigan dorivor o‘simliklar turlarini ko‘paytirish hisobiga o‘simliklar madaniy plantatsiyalar maydonini kengaytirish hamda dorivor o‘simliklarni tayyorlash va etishtirish hajmini oshirish maqsadida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan
1 995 gektar maydonda 45 turdagi dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etildi. Farmatsevtika korxonalariga bilan 4205 mln so‘mlik dorivor o‘simliklar xom ashyosi etkazib berildi. 2017 yilda
5 379,3 tonna tabiiy holda o‘suvchi dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini tayyorlash uchun kvota ajratildi.
Joriy yilda tizim o‘rmon xo‘jaliklarida 4 200 tonna 61 turdagi dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosi tayyorlandi.
2017 yil davomida o‘rmon fondi erlaridan qo‘shimcha foydalanish tarmoqlarida 1 220,7 mln. so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan 153,2 foiz) xalq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va 101,1 ming so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan 118 foiz) axoliga pullik xizmat ko‘rsatildi.
Kasanachilik asosida yangidan 371 ta qo‘shimcha yangi ishchi o‘rinlari tashkil etildi.
2016 yilda 2 854 tonna mevali va yong‘oq mevali mahsulotlar etishtirilgan bo‘lib, 975 mln so‘m daromad olingan. 2017 yilda 3 178 tonna (o‘sish 111,3%) mahsulot etishtirilib, 5,6 mlrd. so‘m daromad olindi.
2018 yilda 3 966 tonna (o‘sish 124%) rejalashtirilib, 7,7 mlrd. so‘m daromad olinishi rejalashtirilmoqda.
2016 yilda 284 tonna texnik va moyli ekinlar etishtirilgan bo‘lib,
625 mln so‘m daromad olingan. 2017 yilda 1 129 tonna (o‘sish 398%) mahsulot etishtirilib, 2,8 mlrd.so‘m daromad olindi. 2018 yilga 6 580 tonna (o‘sish 583%) rejalashtirilib, 4,8 mlrd.so‘m daromad olinadi.
2016 yilda 3 476 tonna sabzavot va poliz mahsulotlari etishtirilgan bo‘lib, 1,1 mlrd. so‘m daromad olingan. 2017 yilda 4 227 tonna (o‘sish 122%) mahsulot etishtirilib, 3,8 mlrd.so‘m daromad olindi. 2018 yilga 18 039 tonna (o‘sish 427%) rejalashtirilib, 6,9 mlrd. so‘m daromad olinadi.
2016 yilda 3 595 tonna don va dukkakli don mahsulotlari etishtirilgan bo‘lib, 1,0 mlrd. so‘m daromad olingan. 2017 yilda 4 326 tonna (o‘sish 120%) mahsulot etishtirilib, 4,2 mlrd.so‘m daromad olindi. 2018 yilga 11 460 tonna (o‘sish 265%) rejalashtirilib, 9,6 mlrd. so‘m daromad olinadi.
2016 yilda 6 564 tonna ozuqabop ekinlar etishtirilgan bo‘lib,
712 mln.so‘m daromad olingan. 2017 yilda 7 515 tonna (o‘sish 114%) mahsulot etishtirilib, 2,4 mlrd. so‘m daromad olindi. 2018 yilga 13 016 tonna (o‘sish 173%) rejalashtirilib, 3,4 mlrd. so‘m daromad olinadi.
Asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha - asalari oilalari soni
2016 yilda 12 071 ta bo‘lib, 320 mln. so‘m daromad olingan bo‘lsa, 2017 yilda 15 196 oilaga etkazilib, 1,5 mlrd. so‘m daromad olindi (o‘sish 126%),
2018 yilda asalari oilalari sonini jami 14 518 oilaga ko‘paytirish rejasi belgilangan bo‘lib, haqiqatda 20000 ga etkazib (o‘sish 132%) 2,9 mlrd so‘m daromad olinadi.
Asal ishlab chiqarish bo‘yicha - 2016 yilda 198 tonna asal etishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilda 267 tonna asal etishtirildi (o‘sish 131%), 2018 yilda asal ishlab chiqarish hajmini jami 340 tonnaga etkaziladi.
Parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha - 2016 yilda parranda bosh soni 18 387 bosh bo‘lgan bo‘lsa, 2017 yilda 21 887 bosh soniga etkazildi (o‘sish 119%), 2018 yil 24 755 bosh soniga etkazilib (o‘sish 113%), 1,7 mlrd. so‘m daromad olish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari 2016 yilda 7,0 tonna parranda go‘shti ishlab chiqilgan bo‘lib, 2017 yilda 9,4 tonna (o‘sish 134%) ishlab chiqildi. 2018 yilda 13,1 tonna (o‘sish 139%) go‘sht ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Sohada 2016 yilda 520 ming dona tuxum etishtirilgan bo‘lsa,
2017 yilda 1 387 ming dona (o‘sish 266%)ga ko‘paytirildi. 2018 yilda 1466 ming donaga etkaziladi.
Baliqchilik bo‘yicha - 2016 yilda 265 gektar suv havzasida 144,6 tonna baliq etishtirilib, 212 mln so‘m daromad olingan, 2017 yilda 363 gektar suv xavzasida
544,5 tonnaga etkazildi va 822 mln. so‘m daromad (o‘sish 137%) olindi. 2018 yilda 680 gektar suv havzasida (o‘sish 187%) 1020 tonna baliq etishtirib, 1,6 mlrd. so‘m daromad olish ko‘zlangan.
Chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha - 2016 yilda mayda shoxli mol bosh soni 18 002 ta bo‘lib, 342 mln so‘m daromad olingan. 2017 yilda 21 712 bosh songa etkazilib, 1,3 mlrd. so‘m daromad olingan (o‘sish 121%). 2018 yil 29 454 bosh soniga etkazilib (o‘sish 136%), 2,3 mlrd.so‘m daromad olish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2016 yilda 2,7 tonna chorva go‘shti etishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilda 3,4 tonna (o‘sish 126%) etishtirildi.
2018 yilda 4,0 tonna (o‘sish 118%) go‘sht etishtirish rejalashtirilmoqda.
2016 yilda yirik shoxli mol bosh soni 793 ta bo‘lib, 201 mln so‘m daromad olingan bo‘lsa, 2017 yilda 851 taga etkazilib, 811 mln so‘m daromad olindi (o‘sish 107%). 2018 yil 1050 bosh soniga etkazilib (o‘sish 124%), 1,1 mlrd so‘m daromad olish rejalashtirilmoqda.
2016 yilda yilqi bosh soni 1 199 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2017 yilda 1 286 taga etkazildi (o‘sish 107%). 2018 yil 1 399 bosh soniga etkazilishi yoki 109 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
Tizim xo‘jaliklari tomonidan hisobot davrida 836 tn qora metall parchalari yig‘ib topshirilib, topshiriq 101, foizga bajarilgan.
2016 yilda xo‘jaliklar tomonidan olingan yalpi daromad miqdori
90,8 mlrd. so‘mni, shundan foyda 39,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa,
2017 yilda yalpi daromad 170 mlrd. so‘m (o‘sish 187%), shundan foyda
73,7 mlrd. so‘mni (o‘sish 179%) tashkil etdi.
Qo‘shimcha rezervlardan foydalanish orqali o‘rmon iqtisodini diversifikatsiya qilish hisobiga 2018 yilda yalpi daromadni
259,7 mlrd.so‘mga va foydani 104,1 mlrd. so‘mga bajarish hisobiga 2017 yilga nisbatan 1,5 barobarga oshirish rejalashtirilmoqda.
Jumladan:
- ko‘chatchilikdan olinadigan daromad 2017 yilda 10,2 mlrd. so‘m va 2018 yilda 14,6 mlrd. so‘m, ko‘rsatkich 1,4 barobarga oshishi kutilmoqda.
- chorvachilik va yaylovlardan samarali foydalanish hisobiga olinadigan daromad
2017 yilda 9,5 mlrd. so‘m va 2018 yilda 11,5 mlrd. so‘m, ko‘rsatkich 1,2 barobarga oshishi kutilmoqda.
- dorivorchilikdan olinadigan daromad 2017 yilda 8,2 mlrd. so‘m va 2018 yilda
12,1 mlrd. so‘m, ko‘rsatkich 1,5 barobarga oshishi kutilmoqda.
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishdan olinadigan daromad 2017 yilda
20,4 mlrd. so‘m va 2018 yilda 30,6 mlrd. so‘m, ko‘rsatkich 1,5 barobarga oshishi kutilmoqda.
- boshqa mahsulot va xizmatlardan olinadigan daromad 2017 yilda 22 mlrd. so‘m va 2018 yilda 35,8 mlrd. so‘m, ko‘rsatkich 1,2 barobarga oshishi kutilmoqda.
2018 yilning 1 yanvar holatiga debitorlik qarzlar 6571 mln. so‘mni, kreditorlik qarzlar esa 3461 mln. so‘mni tashkil etgan.
O‘rmon xo‘jaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 2016 yilda 9 ta avtomashina, 5 ta traktor (shundan 1 ta qator orasiga ishlov beradigan), 4 ta tirkama, 2 ta chizel, 2 ta plug va 2 ta presspodborshik xarid qilingan.
2017 yilda esa bu ko‘rsatkich sezilarli darajada ortdi. Jumladan, 11 ta avtomashina, 22 ta traktor (shundan 3 ta qator orasiga ishlov beradigan),
5 dona tirkama, 2 ta kultivator, 2 ta chizel, 3 ta ekish seyalkasi, 6 ta plug,
1 ta borona, 2 ta purkagich va 1 ta presspodborshik “O‘zagrolizing” AK orqali lizing shartnomasi asosida xarid qilindi. Ushbu lizing shartnomasida ko‘rsatilgan boshlang‘ich to‘lov O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab berildi.
Shuningdek, 2018 yilda “Agrobank” ATB krediti asosida 30 ta traktor, 2 ta kombayn, 20 ta tirkama, 10 ta kultivator, 15 ta chizel, 6 ta ekish seyalkasi, 5 ta borona, 40 ta plug, 15 ta purkagich va 10 ta presspodborshik;
O‘rmonni rivojlantirish Jamg‘armasi hisobidan, 15 ta qator orasiga ishlov beradigan traktor, 11 ta “ISUZU” rusumli yuk avtomashinalari, viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari uchun 26 ta avtomashina xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, Belorusiyaning “Amkodor” va Rossiyaning “UAZ” korxonalarida ishlab chiqarilgan, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon maxsus texnikalarini 5 yil davomida lizing asosida sotib olish bo‘yicha kelishuv olib borilmoqda.