O‘rmon xo‘jaligi agentligining korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmati to‘g‘risida nizom
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat agentliksi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmatning (keyingi o‘rinlarda – Xizmat deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, funktsiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar.
1. Xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, O‘rmon xo‘jaligi davlat agentliksi raisining qarorlari, buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
2. Xizmat O‘rmon xo‘jaligi davlat agentliksi tizimida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rishga mas'ul hisoblanadi.
2-bob. Korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmatini tashkil etish.
3. Xizmat o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat agentliksi raisiga hamda raisning rejim va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
4. Xizmat rahbari agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bilan birgalikda o‘tkaziladigan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
5. Xizmat rahbarini lavozimidan ozod etish masalasi Agentlik bilan kelishiladi.
Bunda agentlik tomonidan Agentlikka agentlik raisining Xizmat rahbarini lavozimidan ozod etish haqidagi taqdimnomasi beriladi.
Ushbu taqdimnomada xodimni lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari ko‘rsatiladi. Taqdimnomaga xodimni lavozimidan ozod etish sabablari va motivlarini tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, xodimning arizasi, ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligini ko‘rsatuvchi ma'lumotlar va boshqa shu kabi hujjatlar) ilova qilinadi.
6. Agentlik tomonidan Xizmat rahbarini lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari yetarli emas deb hisoblansa, shu jumladan Xizmat rahbari ta'qib qilinayotganligi haqida ma'lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu masalada Xizmat rahbari bilan suhbat o‘tkazilishi mumkin.
7. Quyidagilar Xizmat rahbarini lavozimidan ozod etishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Xizmat rahbarini lavozimidan ozod etish uchun sabablar yetarli emas deb topilganda;
Xizmat rahbarining zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar doirasidan tashqari vazifalarni bajarmaganligi yoki o‘ziga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarganligi uchun ta'qib qilinganligi holati aniqlanganda.
8. Taqdim etilgan hujjatlar Agentlik tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, agentlikga Xizmat rahbarini lavozimidan ozod etishni kelishish yoki kelishishning rad etilganligi sabablari ko‘rsatilgan xat taqdim etiladi.
3-bob. Xizmatning asosiy maqsadi, vazifa va funktsiyalari.
9. Xizmatning asosiy maqsadi agentlikda, shuningdek uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida (bundan buyon matnda agentlik tizimi deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, hususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy hatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, agentlik tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta'minlashdan iborat.
10. Quyidagilar Xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;
-agentlikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
-agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta'minlash va nazorat qilish;
-korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish;
-aniqlangan xato-kamchiliklar, huquqbuzilishi holatlarini, ularni sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida nazorat ob'ektlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish.
11. Xizmat o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish sohasida:
-agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
-agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun agentlik rahbariga kiritadi;
-agentlikning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
-agentlik tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihalarini agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtai nazardan baholaydi va xulosalar beradi;
-agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni Agentlikka kiritib boradi.
b) agentlikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:
-agentlikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va agentlikda korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini yaratadi;
-agentlik tomonidan o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo‘nalishlari haqida ma'lumot to‘playdi;
-maxsus axborot aloqa kanallari orqali agentlik xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta'minlaydi;
-agentlikda yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reyestri yoki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarini ro‘yxatga oladigan boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari bo‘yicha ma'lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;
-davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va agentlik bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;
-agentlik xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;
-korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni agentlik xodimlariga yetkazadi;
-agentlik faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar orasida so‘rovlar o‘tkazadi;
-korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;
-korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida agentlikda korrupsiya faktlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi ma'lumotlarni tahlil qiladi;
-har chorakda va agentlik raisi talabiga ko‘ra agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ulardagi korrupsiyaviy holat haqida agentlik raisiga ma'lumot kiritib boradi.
v) agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta'minlash va nazorat qilish sohasida:
-korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarida agentlikga yuklatilgan vazifalar ijrosini monitoring qiladi va nazoratini amalga oshiradi;
– agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini ISO37001:2016 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini ta'minlaydi;
-agentlik xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalarining korrupsiyaga qarshi normalarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
-agentlik xodimlari, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlardagi xodimlar uchun korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqadi;
-o‘quv rejaga muvofiq agentlikning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha treninglarning o‘tkazilishini hamda ularda xodimlarning ishtirok etishini nazorat qiladi;
-agentlik tizimi xodimlari va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etadi;
-agentlikning rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirilgan ma'lumotlarni yangilanib borilishini ta'minlaydi;
-agentlik tizimidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va agentlikning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qiladi;
-agentlik tizimidagi korrupsiyaviy hatti-harakatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi;
-odob-axloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi;
-amalga oshirilgan monitoring, xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
-agentlik tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ul tuzilma (shaxs)lar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferentsiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
-agentlik faoliyati uning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazadi.
g) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:
-aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
-qonunchilik hujjatlari bilan agentlik zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuboradi va ularning so‘rovlariga javob berishda ishtirok etadi;
-agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
-korrupsiyaviy hatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi;
-xizmat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshiradi.
12. Xizmatga va uning xodimlariga ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funktsiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4-bob. Xizmatning huquq va majburiyatlari
13. Xizmat o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
-o‘zi faoliyat yuritayotgan agentlik markaziy apparati va tizimi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallarni, xulosalarni, statistik va boshqa ma'lumotlarni olish;
-xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida agentlik xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish;
-agentlik tizimi xodimlari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;
-agentlik rahbariyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
-o‘z faoliyati doirasida agentlik tizimiga yozma ko‘rsatmalar, topshiriq xatlari va tavsiyalar berish;
-komplayens-nazorat tadbirlarini o‘tkazish uchun agentlik markaziy apparati, tegishli tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalari xodimlaridan (zarur hollarda boshqa tashkilot ekspertlaridan) iborat ishchi guruhni shakllantirish;
-komplayens-nazorat tekshiruvini o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil tarzda belgilash;
-o‘rganish yakuni bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma'lumotnomalarni markaziy apparatning tegishli boshqarma va bo‘limlariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun va ish davomida foydalanish uchun kiritish;
-aniqlangan korrupsiya holatlari bo‘yicha materiallarni tegishli huquqni muxofaza qilish organlariga chora ko‘rish uchun yuborish;
-agentlikning korrupsiyaga oid majlislarida ishtirok etish;
-tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, xodimlardan yozma tushuntirishlar olish.
Xizmat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
14. Xizmat o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi majburiyatlarga ega:
-ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funktsiyalarni zarur darajada va samarali bajarish;
-qonunchilik hujjatlari talablariga qat'iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;
-agentlik tizimida jinoyat alomatlari, hususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organ, Agentlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;
-agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan agentlik rahbariyatiga ma'lumotnomalar kiritish;
-korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotni belgilangan muddatlarda Agentlikka taqdim etish.
Xizmat xodimi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
15. Xizmat xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarga mo‘ljallangan o‘quv kurslari yoki maxsus seminar-treninglarda ishtirok etadi. O‘quv kurslari yoki maxsus seminar-treninglar agentlik yoki Agentlik tomonidan tashkil etilishi mumkin.
16. Xizmat faoliyatining natijadorligi agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorlik va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish natijalariga asosan baholanadi.
Xizmat faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari agentlik raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Xizmat faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish ustidan nazorat agentlik raisi hamda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
5-bob. Xizmat xodimlarining funktsional vazifalari.
17. Xizmat rahbari va xodimlarining asosiy funktsional vazifalari quyidagilardan iborat:
a) Xizmat boshlig‘i:
-xizmat boshlig‘i O‘rmon xo‘jaligi davlat agentliksi raisi hamda raisning rejim va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga buysinadi va ular oldida hisobdor hisoblanadi;
-shuningdek, tegishli buyruqlar hamda topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
-xizmatning yillik ish rejalarini ishlab chiqish, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
-xizmatga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish
va muvofiqlashtirish;
-xizmat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun rahabiryatga kiritish;
-kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda agentlik rahbariyatiga takliflar kiritish, kadrlarni professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta'minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, xizmatda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
-“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalarda korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini hamda qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish choralarini ko‘rish;
-“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddat va tartibda vakolatiga tegishli bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni tizimli o‘tkazish bo‘yicha samarali ish tashkil etish;
-agentlikga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
-xizmat xodimlarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
-xizmat xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;
-davlat siri hisoblangan ma'lumotlar va maxfiy hujjatlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
-O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishini, komplayens-nazorat ob'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta'minlash;
-xizmat xodimlarini o‘qitish va qayta tayyorlash rejasini ishlab chiqish va ijro etilishini ta'minlash;
-komplayens-nazorat tadbirlari natijasi bo‘yicha agentlik raisiga axborot berish va belgilangan tartibda chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish;
-aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etilishi yuzasidan, nazorat ob'ekti rahbariyatiga tegishli taklif va bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish;
-manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan holatlar bo‘yicha agentlik raisiga xabar berish;
-komplayens-nazorat yuzasidan o‘tkaziladigan o‘rganish va tekshiruvlar jarayonida xodimlarni odob-ahloq qoidalari va talablariga rioya etilishini ta'minlash;
-tegishli davlat organlari bilan axborot almashuvini (hamkorlikni) ta'minlash;
-shuningdek, Xizmat boshlig‘i mazkur nizomning 3-bobida ko‘rsatib o‘tilgan, tegishli vazifa va funktsiyalarni amalga oshiradi hamda 4-bobda ko‘rsatib o‘tilgan huquq va majburiyatlarga ega.
b) Xizmat bosh mutaxassisi:
-bosh mutaxassis xizmat boshlig‘iga buysinadi va uning oldida xisobdor;
-xizmatning yillik ish rejalari ishlab chiqilishi, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
-xizmatga yuklatilgan vazifalar bajarilishini ta'minlaydi va nazorat qiladi;
-nazorat ob'ektining faoliyatini takomillashtirishda, chora-tadbirlar belgilashda ishtirok etadi, takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
-o‘rganish natijasi bo‘yicha aniqlangan qonun buzilishi holatlarini, ularni sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar va chora tadbirlarni ishlab chiqadi;
-o‘z funktsional vazifalari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
-korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat tadbirlarini qonun xujjatlariga va mazkur Nizom talablariga mos ravishda o‘tkazilishini taminlaydi;
-korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvini oldini oluvchi normativ xuquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, agentlikning ichki hujjatlariga o‘zgartirishlarni amalga oshirish;
-komlayens-nazorat tadbirlari natijasida nazorat ob'ekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda boshqarma boshlig‘iga axborot beradi va belgilangan tartibda chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritadi;
-o‘tkazilgan komplayens-nazorat tadbirlari natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma'lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to‘liqligini ta'minlash;
-tegishli hujjatlarga asoslangan holda o‘tkazilgan monitoring, tahlil va o‘rganish natijalarini rasmiylashtirish, o‘rganish natijalari bo‘yicha hisobot berish;
-o‘rganish jarayonida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini ta'minlash;
-komplayens-nazoratni o‘tkazish vaqtida so‘ralgan hujjatlar va materiallarni komplayens-nazorat ob'ekti mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik holatlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda dalolatnomalar tuzish;
-nazorat ob'ekti mansabdor va mas'ul shaxslarining tushuntirishlar berish va nazorat natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzish;
-aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etilishi yuzasidan, nazorat ob'ekti rahbariyatiga tegishli taklif va chora-tadbirlar kiritish;
-manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan holatlar bo‘yicha xizmat boshlig‘iga xabar berish;
-“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalarda korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini hamda qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish choralarini ko‘rish;
-“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddat va tartibda vakolatiga tegishli bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni tizimli o‘tkazish bo‘yicha samarali ish tashkil etish;
-davlat siri hisoblangan ma'lumotlar va maxfiy hujjatlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
-shuningdek, bosh mutaxassis mazkur nizomning 3-bobida ko‘rsatib o‘tilgan, tegishli vazifa va funktsiyalarni amalga oshiradi hamda 4-bobda ko‘rsatib o‘tilgan huquq va majburiyatlarga ega;
-zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta'minlaydi hamda o‘z xizmat vazifalari natijalari bo‘yicha javob beradi;
-agentlik rahbariyati hamda xizmat boshlig‘ining topshiriqlarini ijro etadi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
18. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
19. Ushbu Nizom korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi bilan kelishilgan.