Qidirish

O‘rmon xo‘jaligi agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati

1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati (keyingi o‘rinlarda Siyosat deb yuritiladi) xodimlar orasida hamda jamiyatda korruptsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida Qo‘mita va tizim tashkilotlarining yuqori axloqiy me'yorlarga sodiqligini, shuningdek, xodimlarining faoliyatida korruptsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikni aks ettiradi.
3-bob. Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimning elementlari 
10. Korruptsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyiliga tayangan holda barcha xodimlarga korruptsiya bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etishi, ya'ni pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora (pullar, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulk va mulkiy tusdagi xizmatlar) berishni talab qilish, tovlamachilik qilish, va'da berish va pora berish, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, shaxs tomonidan pora olish yoki g‘ayriqonuniy boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi qat'iyan taqiqlanadi.
4-bob Korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari.
Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish.12. Xodimlar o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish hamda (yoki) qo‘mita va tizim tashkilotlari manfaatlarini ifodalash doirasida vijdonlilikva halollik tamoyillariga amal qilishi, o‘zlarining xizmat mavqeidan o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida qo‘mita va tizim tashkilotlarining mol-mulkidan foydalanmaslik hamda manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan saqlanishlari lozim.
Xodimlarning o‘z xizmat majburiyatlarini lozim darajada va xolis bajarishlariga, jumladan, xolis qaror qabul qilishga hamda qo‘mita va tizim tashkilotlarining huquqlari, qonuniy manfaatlari, mol-mulki va (yoki) nufuziga ta'sir qiladigan yoki ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladi.
13. Xodimlar ishga qabul qilinishida, boshqa lavozimga o‘tkazilishida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligi haqidagi ma'lumotlarni har yili va tegishli vaziyatlar/holatlar yuzaga kelishiga qarab oshkor qilishga majburdirlar. Xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni oshkor qilish va uni hal qilish jarayoni O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Sovg‘alar va ish jarayonida mehmondo‘stlik belgilari.
14. Xodimlarga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovg‘a yoki ish jarayonida mehmondo‘stlikning belgilari, qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida rag‘batlantirish vositalarini, naqd pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida moddiy yordam qabul qilish taqiqlanadi.
15. Xodimlar tomonidan rasmiy delegatsiyalar tarkibida, rasmiy tadbirlarda, jumladan, xorijda olingan har qanday sovg‘alar summasidan qat'i nazar qo‘mita va tizim tashkilotlarining mulkiga o‘tkaziladi.
16. Xodimlarga ularning shaxsi bilan bog‘liq bayramlar (tug‘ilgan kun, farzand tug‘ilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni va b.)da berilgan, xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sovg‘alar xodimning shaxsi bilan bog‘liq sovg‘alar deb tan olinadi.
17. Bunday sovg‘alarni berishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
-sovg‘alar qo‘mita va tizim tashkilotlarining kamida uch nafar xodimlari ishtirokida berilishi;
-sovg‘a berish jaryoni tabrik nutqi bilan birga bo‘lishi, unda sovg‘a berishga sabab bo‘lgan voqea o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lishi;
-sovg‘aning umumiy qiymati (barcha soliqlar va yig‘imlarni hisobga olgan holda) 5 (besh) bazaviy hisoblash miqdoridan oshmasligi;
-bir nafar xodimning boshqa xodimga sovg‘a uchun sarflaydigan xarajat summasi, har bir holatda 1 (bir) bazaviy hisoblash miqdordan oshmasligi kerak.
18. Shubhalar paydo bo‘lmasligi uchun boshqa davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, sheriklar va kontragentlar, ushbu Siyosatning 15 va 16-bandlarida ko‘rsatilmagan boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday bayram (tug‘ilgan kun, farzand tug‘ilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni va h.k.ni inobatga olgan holda, biroq bu bilan cheklanmasdan) bilan bog‘liq holda olinadigan, ushbu Siyosatning 14-bandida sanab o‘tilgan sovg‘alar va boshqa moddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
19. Qo‘mita nomidan xalqaro konferentsiyalarda, simpoziumlarda va boshqa ishbilarmonlik (xizmatga oid) yig‘ilishlarida sovg‘alar berish qo‘mita raisining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
20. Sovg‘ani qabul qilishning qonuniyligi to‘g‘risida shubha tug‘ilgan har qanday hollarda xodim korruptsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmatiga maslahat so‘rab murojaat qilishi lozim.
Xodimlarni tanlash, lavozimdan lavozimga o‘tkazish, moddiy rag‘batlantirish.
21. Xodimlarni tanlash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va faoliyatini baholash, shu jumladan mukofot pullarini to‘lash, ustama haqlar va boshqa turdagi mukofotlarni belgilash jarayoni barcha xodimlar uchun shaffof, teng va xolis bo‘lib, ushbu Siyosatning asosiy tamoyillari va talablariga muvofiq keladi.
22. Qo‘mita va tizim tashkilotlarida ularning rahbarlari, shuningdek, boshqarma va bo‘lim boshliqlarini mukofotlashga asos bo‘lib xizmat qiladigan, ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini baholash tartibi
va mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ko‘rsatkichlar xolis, oshkora hamda xodimlar tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tekshirishlarni o‘tkazish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini o‘rganish.
23. Turli xil tekshirishlarni o‘tkazish hamda davlat organlari va tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda – “Tekshirish ob'ektlari”) faoliyatini o‘rganishda xodimlar:
-manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;
-tekshirish bir nafar xodim tomonidan amalga oshirilmasligi;
-sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni soxtalashtirish uchun tekshirish ob'ekti vakillarining huquqiy bilim darajasi pastligidan foydalanib qonun hujjatlari normalarini noto‘g‘ri talqin qilmasligi, tekshirilayotgan ob'ekt xodimlarini aniqlangan faktlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish bilan qo‘rqitmasligi;
-tekshirilayotgan ob'ektning xodimlariga tahdid qilmasligi;
-tekshirish predmetiga kirmaydigan masalalar bilan qiziqmasliklari va hujjatlarni so‘ramasliklari;
-xodimlar tekshirish davomida aniqlangan har bir huquqbuzarlik holatlariga qonuniy va professional baho berishlari;
-agar tekshirish ob'ekti vakillari xodimlarga aniqlangan qonunbuzarliklarni yashirish uchun pora va (yoki) biron-bir moddiy qimmatlik yoki xizmatlarni taklif qilsa, tekshirish guruhi rahbarini darhol xabardor qilishlari;
-tekshirish ob'ekti vakillariga xodimlarning axloqiy xulq-avtor tamoyillariga muvofiq xolis munosabatda bo‘lishlari shart.
24. Xizmat majburiyatiga tashkilotlarni tekshirish kiradigan qo‘mita va tizim tashkilotlarining tarkibiy tuzilmalarida o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha ular tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan nizolashish uchun apellyatsiya instantsiyalari tashkil etiladi.
Kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar.
25. Qo‘mita va tizim tashkilotlari ushbu Siyosatning tamoyillari va talablariga zid bo‘lgan har qanday to‘lovlar va (yoki) shu kabi korruptsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirish niyatida bo‘lgan mahsulot yetkazib beruvchilarni, pudratchilarni va boshqa uchinchi tomonlarni jalb qilmaydilar.
26. Qo‘mita va tizim tashkilotlari kontragentlar bilan munosabatlarda o‘z faoliyatini amalga oshirishida qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga amal qiladilar. Qo‘mita va tizim tashkilotlari tanlashning xolis mezonlaridan foydalanishga asoslangan, mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa kontragentlarni tanlab olishning haqqoniy, ochiq va shaffof jarayonini hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va sotib olinadigan mahsulotning qo‘mita tizimining ichki hujjatlari bilan tartibga solinadigan bahosini aniqlashning shaffof tartibini ta'minlaydilar.
27. Qo‘mita va tizim tashkilotlari kontragent bilan o‘zaro hamkorligida:
-kontragentning ishonchliligini, shu jumladan o‘tmishda korruptsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etgan(etmagan)ligini, qo‘mita va tizim tashkilotlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari doirasida qo‘mita tizimi xodimlari bilan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligini tekshiradilar;
-ehtimoli yuqori bo‘lgan kontragentni (tanlov, tender g‘olibini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid kontragentini) o‘zining korruptsiyaga qarshi tamoyillari va talablari haqida ular bilan tuziladigan shartnomalar matniga korruptsiyaga qarshi maxsus shartlarni qo‘shgan holda xabardor qiladilar.
Xayriya va homiylik faoliyati.
28. Qo‘mita va tizim tashkilotlari qonunda nazarda tutilgan hollarda xayriya va homiylikni qabul qilishlari mumkin. Bunday yordamni olgan paytda qo‘mita va tizim tashkilotlari manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, mablag‘larni qonunda va (yoki) shartnomada belgilangan maqsadlar uchun samarali sarflanishini ta'minlash, shuningdek mazkur faoliyatni shaffofligini ta'minlash uchun internet tarmog‘idagi o‘zining rasmiy veb-saytlarida bu haqida ma'lumotlar yoritib borilishi lozim.
“Sirli mijoz” tadbiri.
29. Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va tezligini, shuningdek haqqoniy va ochiq tanlov natijalariga ko‘ra tanlab olingan mustaqil kompaniyalar tomonidan korruptsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga moyilligini aniqlash uchun xizmatlarning haqiqiy oluvchilari sifatida alohida nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida mustaqil kompaniya bunday xizmatlarning sifati, muddatlari, shartlarini, shuningdek, qo‘mita tizimi xodimlarining belgilangan axloq qoidalariga, shu jumladan xodimning pora olishga moyilligini belgilab boradi.
30. Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari o‘tkazilgan “sirli mijoz” tadbirlari to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqadilar va korruptsiya xavfi aniqlangan taqdirda xizmat tekshiruvi tayinlash haqidagi qo‘mitaga tashabbus bilan chiqadilar.
Qo‘mita va tizim tashkilotlari faoliyatini videotasvirga olish va translyatsiya qilish.
31. Xodimlarning faoliyatini nazorat qilish uchun qo‘mita va tizim tashkilotlari xizmat xonalarida video va audio yozuv kameralari joylashtirilishi mumkin, ularning yozuvlari qo‘mita va tizim tashkilotlarining mas'ul xodimlari tomonidan doimiy ravishda kuzatib boriladi.
32. Qo‘mita va tizim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga korruptsiya xavfi yuqori bo‘lgan ayrim jarayonlarning onlayn translyatsiyalari joylashtiriladi (xususan, xodimlar bilan suhbat o‘tkazish va ularni sinovdan o‘tkazish, komissiya yig‘ilishlari va boshqalar).
Ichki hujjatlarni korruptsiyaga qarshi ekspertizasi.
33. Ichki xujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda hujjatlarda korruptsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon yaratadigan korruptsiyaviy omillar kelib chiqishini oldini olish, aniqlash va istisno qilish maqsadida ham ekspertiza o‘tkaziladi.
Xodimlarga maslahat berish.
34. Qo‘mita va tizim tashkilotlarining xodimlarida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari talablari, ushbu Siyosat qoidalari yoki korruptsiyaga qarshi boshqa chora-tadbirlar va tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday savollar bo‘lsa, ular qo‘mitada tashkil etilgan korruptsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmatining 71-263-03-58 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

2. Siyosat ISO 37001:2016 “Korruptsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – Foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablarini inobatga olgan holda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va yetakchi xalqaro amaliyot asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

3. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – Qo‘mita va tizim tashkilotlari) ushbu siyosatni faoliyatining ahamiyatini hisobga olgan holda qabul qilishlari, korruptsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini, mavjud bo‘lgan korruptsiya xavfi, tajribasi va mavjud manbalari asosida ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari lozim.

4. Qo‘mita va tizim tashkilotlarining korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

-qo‘mita va tizim tashkilotlarida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, hususan, korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish;

-xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;

-qo‘mita va tizim tashkilotlari faoliyatining barcha sohalarida korruptsiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

-korruptsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korruptsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta'minlash.

5. Siyosat qo‘mitaning ichki hujjati sifatida yuqorida ko‘rsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun qo‘mita va tizim tashkilotlari faoliyatida korruptsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi.

6. Mazkur Siyosatning talablari egallab turgan lavozimi va bajaradigan vazifa va funktsiyalaridan qat'i nazar qo‘mita bilan mehnat munosabatlariga kirishgan barcha xodimlarga tadbiq etiladi.

7. Qo‘mita va tizim tashkilotlariga ishga qabul qilinayotgan shaxslar ushbu Siyosat bilan imzo qo‘ygan holda tanishishga va uning qoidalariga rioya qilishga majbur.

8. Ushbu Siyosat maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:

xodim – O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari hamda tizimdagi tashkilotlarda mehnat shartnomasi (kelishuvi) asosida ishga qabul qilingan jismoniy shaxs;

aloqador shaxslar – xodim bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aktsiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aktsiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aktsiyaga ekanligi holatlari bundan mustasno;

ish jarayonidagi mehmondo‘stlik belgilari – xodimlar manfaatlarida faoliyat davomida hamkorlik o‘rnatish va (yoki) qo‘llab-quvvatlashga aloqador xarajatlar, shu jumladan, ishbilarmonlik bilan bog‘liq kechki ovqat, transport va yashash xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq harajatlar va h.k.;

korruptsiya to‘g‘risida vijdonan xabar berish – xodim tomonidan korruptsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi (sodir etishga suiqasd qilinganligi) to‘g‘risida rusxat etilgan aloqa kanallari orqali asosli ekanligiga ishonch hosil qilgan holda yo‘llangan xabar;

kontragent (shartnomaviy sherik) – qo‘mita va tizim tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs;

korruptsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi;

korruptsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani, ya'ni pul, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif qilish, va'da qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;

korruptsiyaga oid huquqbuzarlik – korruptsiya belgilariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi – amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarni korruptsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish, xodimlar tomonidan yuqori darajada kasbiy va axloqiy faoliyat olib borishlarini ta'minlash bo‘yicha qo‘llaniladigan chora-tadbirlar majmui;

korruptsiyaviy xavf-xatar – xodimlar yoki uchinchi shaxslar tomonidan qo‘mita va tizim tashkilotlari nomidan va (yoki) ularning manfaatlarini ko‘zlab korruptsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish ehtimoli va xavfi;

manfaatlar to‘qnashuvi – qo‘mita va tizim tashkilotlari xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir ko‘rsatayotgan yoxud ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda xodimning shaxsiy manfaatdorligi bilan qo‘mita va tizim tashkilotlari manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

rasmiyatchilikni soddalashtirish uchun to‘lovlar – belgilangan tartib-taomillar bajarilishini ta'minlash yoki tezlashtirish, tegishli qonunchilik, normalar va qoidalarda nazarda tutilmagan harakatlar sodir etish uchun g‘ayriqonuniy ravishda beriladigan pul mablag‘lari, mol-mulk, mulkiy huquqlar, xizmatlar va boshqa moddiy yoki nomoddiy naf;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);

yaqin qarindoshlar – ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar va opa-singillar, er (xotin), farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, shuningdek erning (xotinning) ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari;


2-bob. Korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari

9. Qo‘mita va tizim tashkilotlari korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi:

qonuniylik – qo‘mita va tizim tashkilotlarida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda qo‘mita tizimining belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

korruptsiyaga toqatsizlik – qo‘mita va tizim tashkilotlari o‘z faoliyatining barcha sohalarida korruptsiyaning har qanday shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘ladi, qo‘mita va tizim tashkilotlarining xodimlariga korruptsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish taqiqlanadi;

ochiqlik va shaffoflik – qo‘mita tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida xodimlar va kontragentlarini, keng jamoatchilikni xabardor qilish;

tizimlilik va o‘zaro bog‘liqlik – qo‘mita va tizim tashkilotlari korruptsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishiga va korruptsiyaviy xavf-xatarlarga ko‘maklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan tizimli, oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi. Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga muvofiq keladi hamda qo‘mita va tizim tashkilotlarining barcha funktsiyalari va yo‘nalishlariga integratsiya qilingan korruptsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtirilgan;

javobgarlikning muqarrarligi – korruptsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan xodimlar o‘zining maqomi va egallab turgan lavozimidan qat'iy nazar qo‘mitaning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar;

texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish – qo‘mita va tizim tashkilotlarida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining so‘nggi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi;

fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘zaro hamkorlik – qo‘mita va tizim tashkilotlari o‘zlariga yuklatilgan funktsiyalarni bajarishda qo‘mita va tizim tashkilotlari faoliyatini halollik, xolislik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadilar;

korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish – korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring

va nazorat qilish hamda korruptsiyaviy xavf-xatarlarni amalga oshirish natijalariga ko‘ra qo‘mita va tizim tashkilotlari korruptsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini to‘xtovsiz ravishda oshirish choralarini ko‘radilar.


11. Quyidagilar qo‘mita va tizim tashkilotlarida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy elementlari hisoblanadi:

a) korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy ichki hujjatlar mavjudligi, ya'ni qo‘mita va tizim tashkilotlarida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimining asosini:

mazkur Siyosat O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida Korruptsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmati to‘g‘risidagi nizom;

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari;

Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom;

Korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi;

Shuningdek, qo‘mitada mazkur sohada qabul qilingan boshqa nizom va tartiblar tashkil etadi.

b) “Yuqoridan quyiga munosabat” – Yuqori darajada rahbarlik namunasi:

-qo‘mita va tizim tashkilotlarining rahbarlari, shuningdek, tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari o‘ziga bo‘ysunuvchilar, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli va mustaqil xulq-atvor namunasi bo‘lishlari kerak;

-qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari korruptsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish va amalga oshirishda quyidagilar orqali yetakchilikni namoyish etadilar:

-qo‘mita va tizim tashkilotlari faoliyatining xavf-xatarga ega funktsiyalari (yo‘nalishlari)ga korruptsiyaga qarshi kurashish samarali chora-tadbirlar va tartiblarni joriy etish, shu jumladan, korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi/yo‘l xaritasini ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish orqali ko‘maklashish;

-o‘z mansab majburiyatlarini bajarish doirasida, xodimlarda korruptsiyaning barcha shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirgan holda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik normalari va qabul qilingan ichki hujjatlarga rioya qilish va axloqiy xulq-atvor yuzasidan shaxsan namuna sifatida namoyon bo‘lish;

v) korruptsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash:

-qo‘mita va tizim tashkilotlari funktsiyalarining xususiyati, tashkiliy tuzilmasi, jamiyat va boshqa shaxslar bilan o‘zaro faoliyat olib borishiga hamda boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq holda o‘z faoliyatiga xos bo‘lgan korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaydi va baholaydi;

-korruptsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash doirasida qo‘mita va tizim tashkilotlari faoliyatining barcha sohalari korruptsiyaviy xavf-xatarga ko‘proq uchraydigan funktsiyalarni aniqlash maqsadida tahlil qilinadi, ularda mavjud bo‘lgan korruptsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilishning barcha shakllari va tartib-taomillari aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish uchun yetarliligi jihatidan tahlil qilinadi. Xavf-xatarlarni aniqlash va baholash jarayonida Korruptsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmatining faol qo‘llab-quvvatlashi va nazorati ostida qo‘mita va tizim tashkilotlarining tegishli rahbarlari, korruptsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi shaxslar ishtirok etadi;

-qo‘mita va tizim tashkilotlari korruptsiyaviy harakatlarga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyilini hisobga olgan holda korruptsiyaviy xavf-xatarlarning yuzaga kelish ehtimoli va ta'sir qilish darajasidan qat'i nazar ularni boshqarish zaruratini tan oladi;

-korruptsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi. Korruptsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari qo‘mita raisi va tizim tashkilotlarining rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi shuningdek, aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytiruvchi korruptsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar va tartib-taomillar qo‘mitaning korruptsiyaga qarshi kurashish dasturlarida aks ettiriladi.

g) korruptsiyaga qarshi kurashish uchun mas'ul shaxslar va bo‘linmalar:

-qo‘mita tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida qo‘mitada korruptsiyaga qarshi kurashishni shakllantirish va nazorat qilish jarayoni uchun mas'ul bo‘lgan Korruptsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat xizmati tashkil etilgan;

-korruptsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmati qo‘mitada korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda yetarli darajada mustaqillikka va muhim resurslarga ega bo‘lib, bevosita qo‘mita raisiga hamda raisning rejim va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi;

-korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda – boshqarmalar) va tizimdagi tashkilotlarda ruxsat etilgan lavozimlarga korruptsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funktsiyasi yuklatilishi mumkin. Korruptsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funktsiyalari qo‘mitaning viloyat boshqarmalari va ularning bo‘ysinuvidagi o‘rmon xo‘jaliklarida yuqori darajada korruptsiyaviy xavf-xatarga ega bo‘lmagan, shuningdek, yetarli darajada mustaqil bo‘lgan xodimiga yuklatiladi;

-qo‘mitaga qarashli viloyat boshqarmalari va ularga bo‘ysunuvchi o‘rmon xo‘jaliklarining korruptsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi mas'ul xodimlari korruptsiyani bartaraf etish choralarini ko‘radi, shu bilan birga, o‘zlariga yuklatilgan vazifalar doirasida qo‘mitaning korruptsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmati bilan hamkorlik qiladi;

-korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda qo‘mita va tizim tashkilotlarining kadrlar bo‘limlari O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq belgilangan tartibda va hajmda xodimlar va aloqador shaxslarning yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z vaqtida va tizimli yig‘ish, tahlil qilish va yangilab borish uchun javobgar bo‘ladi;

Bundan tashqari, qo‘mita va tizim tashkilotlarining odob-axloq komissiyalari xodimlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi kadrlar bo‘limlaridan kelib tushgan ma'lumotlarni ko‘rib chiqadi va (manfaatlar to‘qnashuvi tartibga solinmagan taqdirda) uni hal qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi yoxud yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek, qo‘mita va tizim tashkilotlari tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi masalalarini ko‘rib chiqadi. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida qo‘mitaning kadrlar bo‘limlari va odob-axloq komissiyalari (yoki shunga o‘xshash komissiyalar) O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom asosida ish yuritadi.

d) aniqlangan korruptsiyaviy xavf-xatarni minimallashtiruvchi korruptsiyaga qarshi kurashish choralari:

-qo‘mita va tizim tashkilotlari o‘z faoliyati va funktsiyalaridagi korruptsiyaviy xavf-xatarli yo‘nalishlarda umumiy nazorat muhitini va korruptsiyaga qarshi kurashish nazorat hamda tartib-taomillarni o‘z ichiga oluvchi korruptsiyaga qarshi kurashishning kompleks tizimini joriy etadilar;

-qo‘mita va tizim tashkilotlari korruptsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish va tartib-taomillarning samaradorligi, jumladan, ularning aniqlangan xavf-xatar darajasiga mutanosibligi, xodimlar uchun qat'iyligi va aniqligi, fuqarolik jamiyati uchun shaffofligini ta'minlashga intiladilar;

-amalga oshiriladigan tadbirlar, shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat choralari va tartib-taomillar qo‘mita va tizim tashkilotlarining korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi/rejasi/yo‘l xaritasida aks ettiriladi hamda tegishli ichki hujjatlarda belgilanadi;

- axborotlashtirish, kommunikatsiya va maslahat berish:

-korruptsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish hamda qo‘mita va tizim tashkilotlarining korruptsiyaga qarshi kurashish tamoyillari va talablari haqida jamiyatning xabardorligini oshirish maqsadida, mazkur Siyosat va qo‘mita va tizim tashkilotlarining korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi asosiy ma'lumotlar qo‘mitaning internet tarmog‘idagi rasmiy veb saytiga joylashtiriladi;

Bundan tashqari, qo‘mita va tizim tashkilotlari korruptsiyaga qarshi kurashish amaldagi qonun hujjatlari normalari va korruptsiyaga qarshi kurashish joriy etilgan tamoyillar va talablar haqida xodimlar va boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qilish va tushuntirish bo‘yicha quyidagilar orqali barcha oqilona xatti-harakatlarni amalga oshiradi:

-xodimlarni yiliga kamida bir marta korruptsiyaga qarshi kurashish asoslari bo‘yicha doimiy va tizimli o‘qitish, shu jumladan, ishga yangi qabul qilinayotgan xodimlarni ushbu Siyosat va korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa ichki hujjatlar bilan majburiy tartibda tanishtirish bilan birgalikda ularni korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha majburiy kurslarda o‘qitish. Korruptsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar uchun qo‘mita va tizim tashkilotlarida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha ta'lim dasturlari belgilanadi. O‘tkazilgan o‘qish/treninglar haqidagi ma'lumotlar kadrlar bo‘limlarida qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi;

-xodimlar va fuqarolarning korruptsiyaga murosasiz munosabatini shakllantirish bo‘yicha va korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan tematik audio va videoroliklar hamda boshqa axborot ma'lumotlaridan foydalangan holda korruptsiyaga qarshi kurashish tadbirlarini o‘tkazish;

-xodimlar tomonidan korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi gumonlar yoki faktlar, korruptsiyaviy xavf-xatarlar va boshqalar (korruptsiya faktlari haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan usullar to‘g‘risidagi batafsil ma'lumot mazkur Siyosatning 4-bobida nazarda tutilgan) haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanallari bilan ta'minlash;

-mazkur Siyosat qoidalarini qo‘llash yoki korruptsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari va tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq savollar kelib chiqqanda xodimlarga maslahatlar berish;

-xodimlarning mehnat shartnomalariga korruptsiyaga qarshi kurashish qoidalarini kiritish;

-tasdiqlangan rejaga muvofiq korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas'ul shaxs tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish xulq-atvor yuzasidan tashviqotlar o‘tkazish;

-kontragentlarni korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan talablar va tamoyillar haqida, shu jumladan, ular bilan tuziladigan shartnomalarga korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus shartlarni kiritish to‘g‘risida xabardor qilish va h.k.;

g) monitoring, nazorat va hisobot:

-korruptsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmati qo‘mita tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning yetarliligi, mutanosibligi va samaradorligini baholaydi hamda doimiy monitoringini olib boradi. O‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha qo‘mita va tizim tashkilotlarida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi;

-qo‘mita va tizim tashkilotlarida monitoring va nazorat qilishning quyidagi tartib-taomillari amalga oshiriladi:

-qo‘mita va tizim tashkilotlarining faoliyati va funktsiyalaridagi hamda tashkiliy-funktsional tuzilmasidagi o‘zgarishlar, shuningdek boshqa ichki va tashqi omillarning qo‘mita va tizim tashkilotlarida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimiga ta'sirini, mazkur tizimga o‘zgartirish kiritish zaruriyatini tahlil qilish, shu jumladan, uni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta'minlash;

-tasdiqlangan rejaga muvofiq samarasiz nazorat va tartib-taomillarni aniqlash uchun ularni to‘g‘rilash va korruptsiyaga qarshi kurashish tizimining ishonchliligi va samaradorligini ta'minlash maqsadida tanlov asosida qo‘mita tizimidagi funktsiyalar va ichki jarayonlarni monitoring qilish;

-ichki va (yoki) tashqi tekshiruvlarni o‘tkazish jarayonida xodimlar tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini nazorat qilish;

-korruptsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmati tomonidan tarkibiy tuzilmalarga yuklatilgan korruptsiyaga qarshi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va tegishli tartibda amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boriladi;

-korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini nazorat qilish va monitoringi bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari qo‘mita raisi va tizim tashkilotlari rahbarlarining choraklik hisobotlarida o‘z aksini topadi.

z) huquqbuzarliklarga nisbatan munosabat bildirish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish:

-mazkur Siyosatga amal qilish va qo‘mita tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarga rioya qilish har bir xodim uchun o‘z xizmat majburiyatlarini bajarilishi doirasida majburiydir. Xodimlar belgilangan talab va tartib-taomillarni buzganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar. Bundan tashqari, bevosita rahbarlar o‘z bo‘ysunuvidagi xodimlar tomonidan korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etilganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar;

-korruptsiyaga qarshi kurashishga oid belgilangan talablar va tamoyillarni buzgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va asoslarda intizomiy, ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar;

-xodimlar ularni korruptsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etishga undovchi shaxslarning har qanday murojaatlari to‘g‘risida, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida o‘ziga ma'lum bo‘lgan har qanday faktlar haqida o‘z rahbarlariga va korruptsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmatiga xabar berishlari shart;

-korruptsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoyilini hisobga olgan holda, xodimlarning korruptsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishlari bilan bog‘liq har qanday asosli shubha bo‘yicha xizmat tekshiruvlari O‘zbekiston Respublikasi konunchiligi talablariga muvofiq va ichki hujjatlarda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini va (yoki) mazkur Ciyosat hamda qo‘mitaning boshqa ichki hujjatlarida belgilangan korruptsiyaga qarshi talab va tartib-taomillarni buzgan xodimlar, ularning lavozimi, xizmat muddati va boshqa omillardan qat'i nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda qo‘mita va tizim tashkilotlarining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan doirada va asoslarda javobgarlikka tortiladilar;

-korruptsiyaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda qo‘mita va tizim tashkilotlari ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini tahlil qiladilar va doimiy asosda korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtiradilar;

-qo‘mita va tizim tashkilotlari korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va tekshirish uchun boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat organlari bilan hamkorlik qiladilar;

-qo‘mita tizimidagi har bir xodim bilan korxona va tashkilotlarning korruptsiyaga qarshi kurashish siyosatining printsiplari va talablariga hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qorruptsiyaga qarshi kurashish qonun hujjatlariga rioya etish yuzasidan mehnat shartnomasiga qo‘shimcha (1-ilovaga muvofiq) kelishuv shartnomasi tuziladi.