O‘rmon xo‘jaligi sohasida 2015-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot
Hisobot davrida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
18,3 ming gektar, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida 6,8 ming gektar maydonda cho‘l o‘simliklaridan yangi o‘rmonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga ko‘mak berish tadbirlari olib borildi. 153 gektar maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etildi;
Ko‘chat ekish oyligi davomida respublika bo‘yicha 3800 tupdan ortiq lola daraxti, 50000 tupdan ortiq qirim qarag‘ayi, 82000 tupdan ortiq chilonjiyda ko‘chatlari ekildi. Hozirgi vaqtda manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda;
O‘rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo‘riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 751 gektar maydonda o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan 175 gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi. Shuningdek, 47 km masofada yong‘inga qarshi yo‘llar, 2 km yangi himoya liniyalari, 22 km minerallashtirilgan polosalar qurildi. Bundan tashqari, 123 km o‘rmon xo‘jaligi ahamiyatiga ega va yong‘inga qarshi yo‘llar, 43 km minerallashtirilgan polosalar ta’mirlandi;
1945 gektar maydonda dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etildi. Dorivor va ozuqabop o‘simliklarni yetkazib berish bo‘yicha farmatsevtika korxonalari bilan jami 265 ta, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi korxonalar bilan 46 ta, “Dori-darmon” AK bilan 58 ta va “Farmsanoat korxonalari bilan 161 ta shartnomalar tuzildi.
O‘rmon fondi yerlaridan qo‘shimcha foydalanish tarmoqlarida 212,4 mln so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan 110,7 foiz) xalq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va aholiga 21,8 ming so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatildi. Kasanachilik asosida 8 ta qo‘shimcha yangi ishchi o‘rinlari tashkil etildi.