O‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasida 2015-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘grisida ma’lumot
O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va uning tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 18,3 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 6,5 ming gektar maydonda yangi o‘rmonzorlar barpo etildi va cho‘l hududlarining tabiiy tiklanishiga ko‘mak berish tadbirlari olib borildi.
Ko‘chat ekish mavsumi davomida respublikamiz bo‘yicha 4600 tupdan ortiq lola daraxti va 35 ming tupga yaqin qirim qarag‘ayi, 39 ming tupdan ortiq chilonjiyda ko‘chatlari ekildi.
O‘rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo‘riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 23,5 ming gektar maydonda turli kasallik va zararkunandalarga qarshi, shundan 14,9 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi.
Hisobot davrida 141,5 km masofada yong‘inga qarshi yo‘llar, 36 km yangi himoya liniyalari, 314 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, 1611 km o‘rmon xo‘jaligi ahamiyatiga ega va yong‘inga qarshi yo‘llar, 1485 km minerallashtirilgan polosalar ta’mirlanib, barcha prognoz ko‘rsatkichlar to‘liq bajarildi.
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 yanvardagi yig‘ilishining 5-sonli bayoni bilan tasdiqlangan dasturlar ijrosini ta’minlash maqsadida 1822,8 gektar maydonda dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari, 94 ta dorivor va ozuqabop o‘simliklar xomashyosini quritish stellajlari, 75 ta saqlash omborxonalari, 2 ta dorivor va ozuqabop o‘simliklar xomashyosini qadoqlash liniyalari tashkil etildi.