Qidirish

O‘rmondan foydalanishni qanday turlari mavjud?

O‘rmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:

daraxtzorlar va butazorlarni kesish;

o‘rmondan qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar dorivor xom ashyosini tayyorlash (yig‘ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash (yig‘ish);

davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;

davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;

davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish.

Qonun hujjatlarida o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.