O‘rmondan kimlar foydalanishi mumkin?
O‘rmondan foydalanish
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.
O‘rmondan foydalanish uchun haq to‘lanadi. To‘lovlar miqdori va ularni undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘rmondan foydalanish doimiy va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin.
O‘rmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rmondan doimiy foydalanuvchilardir.
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin.
O‘rmondan foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan yoki ular vakolat bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan beriladi.
O‘rmondan foydalanishga maxsus ruxsatnoma — daraxt kesish yoki o‘rmon chiptasi asosida yo'l qo‘yiladi. O‘rmondan foydalanuvchilar davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan o‘rmondan foydalanishning maxsus ruxsatnomalarda nazarda tutilgan turlaridangina foydalanishga haqlidir.