Qidirish

O‘rmonlar deganda nimani tushunasiz?

O‘rmonlar tushunchasi

O‘rmonlar –keng maʼnoda toza suv saqlovchi, tuproq va havodagi namlikni muʼtadillashatirib turuvchi, yog‘och, ikkilamchi mahsulotlar, mevalar, dorivor va ozuqa o‘simliklar beruvchi manbadir. O‘rmonzorlar hayvonot va o‘simlik dunyosini saqlash va ularni ko‘paytirishda, iqlim o‘zgarishlarni mo‘tadillashtirishda, tog‘larda jarliklarni paydo bo‘lishi xavfini oldini olishda, suv tanqisligi muammosini yechishda, selni mudxish oqibatlarini bartaraf qilishda, tuproq eroziyaga qarshi kurashishda, cho‘l xududlarida qumlarni ko‘chishini to‘xtatishda, shamol eroziyasini oldini olishda, tuproqning meliorativ holatini (sho‘rlanish, cho‘llanishga va h.) yaxshilashda, shuningdek yaylovlar maxsuldorligini oshirishda hamda qishloq xo‘jaligi yerlarida ixota o‘rmonlarini roli katta axamiyatga ega. Eng muhimi, ekologik vaziyatni yaxshilash va uning salbiy oqibatlarini oldini olish, tabiatni asrab-avaylash bugungi kunda o‘rmon xo‘jaliklarining asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.