O‘rmonlardan qo‘shimcha foydalanish holati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi “O‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–4850-son qaroriga muvofiq o‘rmon xo‘jaliklari va xususiy sektor sub'ektlari bilan birgalikda 2023 yilda Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish bo‘yicha 30.5 ming gektar maydonda 29.2 ming tonna hosil olishga erishildi.
Xo‘jaliklar tomonidan xususiy sektor sub'ektlari ishtrokida parrandachilikni ko‘paytirish bo‘yicha 2023 yilda 1.2 mln donaga etkazildi.
Asalari oilalarini o‘rmon fondi yer maydonlariga joylashtirish bo‘yicha o‘rmon xo‘jaliklari hamda xususiy sektor sub'ektlari ishtrokida 2023 yilda 220 ming dona asalari oilalari joylashtirilgan.
O‘rmon fondi yerlarida chorva mollarini ko‘paytirish bo‘yicha o‘rmon xo‘jaliklari va xususiy sektor sub'ektlari bilan birgalikda 2023 yilda 170 ming donaga etkazildi.