Qidirish

O‘rmonlarni inventarizatsiyalash

O‘zbekiston Respublikasi “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasida O‘rmon tuzish o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlashga, o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmondan foydalanish oqilona yuritilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, quyidagilarni qamrab oladi:

davlat o‘rmon fondi uchastkalarining chegaralarini belgilash va davlat o‘rmon fondining o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar foydalanishidagi hududining ichki xo‘jaligini tashkil etish?

topografiya-geodeziya ishlarini bajarish va o‘rmonlarni maxsus xaritaga kiritish?

davlat o‘rmon fondini hisobga olish?

o‘rmonlarning etilish yoshini belgilash, o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq o‘rmon daraxtlarini kesish rejasini, daraxtlarni kesish hajmini hamda o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari miqdorlarini aniqlash?

o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, qayta tiklash va barpo etish borasidagi ishlar hajmini, shuningdek boshqa o‘rmon xo‘jaligi ishlari hajmini aniqlash?

o‘rmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish.

O‘rmon tuzish loyihalari davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi hamda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. O‘rmon tuzish loyihalari o‘rmon, qo‘riqxona va ovchilik xo‘jaliklari yuritish, o‘rmondan foydalanishni amalga oshirish, joriy va istiqbolga mo‘ljallangan rejalashtirish ishlarini olib borish uchun asosiy normativ-texnik hujjatdir.

O‘rmon tuzish hamma o‘rmonlarda yagona tizim bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

“O‘rmonloyiha” davlat korxonasi tomonidan har yili davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 3-4 ta o‘rmon xo‘jaliklarida o‘rmon tuzish ishlari amalaga oshiriladi. O‘rmon tuzish ishlari O‘rmon xo‘jaligmi bosh boshqarmasining 2012 yil 7 maydagi 48-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘rmon tuzish loyiha-qidiruv ishlarini bajarish tartibi”ga asosan olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunining 17-moddasida

O‘rmonlarning davlat hisobi o‘rmon tuzish loyihalari asosida davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan, o‘rmon tuzish o‘tkazilmagan joylarda esa davlat o‘rmon fondini hisobga olish va tekshirish materiallari asosida olib borilishi belgilangan.

O‘rmonlarning davlat hisobi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yagona tizim bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib borilishi belgilab qo‘yilgan.

O‘rmonlarni davlat hisobi ishlari o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan har yilning 1 yanvar holatiga amalga oshiriladi va O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga taqdim etib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunining 18-moddasida

Davlat o‘rmon kadastri O‘rmonlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, davlat o‘rmon fondi uchastkalarining sifat tavsiflari hamda ularning o‘rmondan foydalanuvchilar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat ekanligi, Davlat o‘rmon kadastri manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish maqsadida o‘rmon to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallanganligi, Davlat o‘rmon kadastri davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yagona tizim bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda olib borilishi ko‘rsatilgan.

Davlat o‘rmon kadastri ishlari o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan har yilning 1 yanvar holatiga amalga oshiriladi va O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga taqdim etib boriladi. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi Davlat o‘rmon kadastri bo‘limi tomonidan umumlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladi.