O‘rmon barpo qilish
Har yili respublika buyicha o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘rtacha 235 ming gektar maydonda o‘rmon barpo qilish ishlari amalga oshiriladi, shundan, 224 ming gektari cho‘l mintaqasiga to‘g‘ri keladi, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida 128 ming gektarda cho‘l o‘simliklaridan su’niy o‘rmonzorlar barpo etib kelinmoqda. Yangi o‘rmonzorlar barpo qilish urug‘dan ekib, ko‘chat o‘tqazib va tabiiy tiklanishga ko‘mak berish tadbirlari orqali bajariladi. Cho‘l hududlarida sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan saksovul, cherkez, qandim, yulg‘un, qoraburoq kabi daraxt va butalar turlaridan yangi o‘rmonzorlar barpo etiladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida 3,5 ming gektar yangi o‘rmonzorlar barpo etiladi, ular asosan zarafshon archasi, xondon pista, yong‘oq, oddiy bodom va boshqa mevali daraxt va butalardir.
Respublikamizning vodiy hududlarida har yili 1.4 ming gektar maydonda tez o‘suvchi mevali daraxt va butalar turidan yangi o‘rmonzorlar barpo etiladi. To‘qay hududlarida esa turanga, jiyda, tol daraxt turlaridan o‘rmon barpo etilib, har yili 0.4 ming gektarda amalga oshiriladi.
Har yili yangi o‘rmonzorlar barpo etish va ko‘chatxonalar tashkil etish maqsadida o‘rmon xo‘jaliklar tomonidan 1100 tonna har xil daraxt va butalar urug‘lari tayyorlanadi.
Respublika bo‘yicha har yili 60 turdagi 120 mln. dona daraxt va butalarning nihol hamda ko‘chatlari yetishtiriladi. Ushbu yetishtirilayotgan nihol va ko‘chatlarning yarmi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadi, hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasini bajarish uchun tashkilotlarga, aholiga yetkazib berildi. Shu jumladan har bir mahallaga 200 tupdan har hil mevali va manzarali ko‘chatlar bepul yetkazib berildi. qolgan qismi esa parvarishlash uchun qoldiriladi.
Keyingi yillarda manzarali noyob daraxt ko‘chatlarini yetishtirishga e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ko‘chatxonalarda sotish uchun soxta kashtan, yapon soforasi, lola daraxti, qrim qarag‘ kabi qimmatbaho ko‘chatlar mavjud.
Saksovul ko‘chatini ekish jarayoni
Urug‘dan ekilgan saksovulni unib chiqishi