Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining faoliyati qay darajada? (3.09.2023 yil)
Ma'lumki, Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jalikning umumiy yer maydoni 132 ming gektarni tashkil etib, hududlari Qurama va Chotqol tog‘ tizmalarida, dengiz satxidan 1100 metrdan – 3500 metrgacha bo‘lgan balandlikda va 35-55 Sgacha bo‘lgan tik qiyalik(nishablik)larda joylashgan.
Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining Qurama tog‘ tizmasi Tojikiston Respublikasi bilan 103 km chegaradosh bo‘lib, xo‘jalikning 110 nafar o‘rmon nozirlari har doim uzluksiz ravishda IIB TQH TChXTB, MXX, IIB va 9227-sonli chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda hududlarda qonunbuzarliklarning oldini olish maqsadida nazorat ishlarini olib boradi.
Bugungi kunda ham o‘simlik va hayvonot olamini, fauna va florani saqlab qolish va ko‘paytirish maqsadida yangidan o‘rmonzorlar barpo qilish, o‘rmonlarni tabiiy o‘sishga ko‘maklashish va qonunbuzarlardan himoya qilish maqsadida nazorat ishlari kuchaytirilgan tarzda davom ettirilmoqda.
Xo‘jalikning yer maydonlari aholi yashash maskanlaridan uzoqda joylashganligi sababli, o‘rmonzaorlarni muhofaza va qo‘riqlash ishlarini samarali tashkil etishda maxsus (NIVA, UAZ va boshqalar) texnikalardan foydalanib kelinmoqda.
Mavjud texnikalar eskirganligi sababli yangi texnikaga bo‘lgan talab yuzaga kelgan.
Xo‘jalik moddiy texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarning ish unumdorligini oshirish, vaqtdan samarali foydalanish maqsadida xo‘jalikning 2023 yil uchun mahalliy byudjetdan tasdiqlangan xarajatlar smetasida hududlarida yura oladigan maxsus “UAZ, NIVA” avtomashinalar sotib olish uchun mablag‘ rejalashtirilgan.
Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya davlatidan UAZ, NIVA maxsus avtomashinalar O‘zbekiston xududiga olib kirilmayotganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan to‘rttala g‘ildiragi tortadigan tog‘li xududlarda yurishga mo‘ljallangan (yo‘l tanlamas) “Renault Captur” avtomashinasi xo‘jalik tomonidan 2023 yil 19 iyunda belgilangan tartibda xarid qilingan.