Qidirish

O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boyicha 2015-yilning III choragi davomida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida maʼlumot

Hisobot davrida Ormon xojaligi bosh boshqarmasi va uning tizimidagi ormon xojaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy korsatkichlarning bajarilishini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

2015 yilning III choragi davomida 18,3 ming gektar, (rejaga nisbatan

108 foiz) shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 6,5 ming gektar maydonda chol osimliklaridan yangi ormonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga komak berish tadbirlari olib borildi.

Rejadagi 224 gektar orniga amalda 262 gektar maydonda niholxona va kochatxonalar tashkil etilib, belgilangan reja 117 foizga bajarildi.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi lola daraxti va qirim qaragayi kochatlarini ekishni kopaytirish borasidagi 683-F-sonli va 2013 yil 24 avgustdagi 539-f-sonli farmoyishlari ijrosini taminlash maqsadida respublika boyicha kochat ekish oyligi mavsumida 4600 donadan ortiq lola daraxti va 34900 donadan ortiq qirim qaragayi 39000 donadan ortiq chilonjiyda kochatlari ekildi.

Ormonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qoriqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida rejadagi 23,5 ming gektar (rejaga nisbatan 100 foiz) maydonda ormon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan rejadagi 14,9 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi.

2015 yilning III choragi davomida rejadagi 141,5 km masofada yonginga qarshi yollar 36 km yangi ximoya liniyalari, 314 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, rejadagi 1611 km ormon xojaligi ahamiyatiga ega va yonginga qarshi yollar va rejadagi 1485 km minerallashtirilgan polosalar tamirlanib, barcha korsatkichlar rejaga nisbatan toliq bajarilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 yanvardagi “2015-2017 yillarda ormon xojaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va ozuqabop osimliklar xom ashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari togrisida”gi 5-sonli yigilish bayoni bilan tasdiqlangan dasturlar ijrosini taminlash maqsadida 1822,8 gektar maydonda dorivor va ozuqabop osimliklar plantatsiyalari, 94 ta dorivor va ozuqabop osimliklar xom ashyosini quritish stellajlari, 75 ta saqlash omborxonalari, 2 ta dorivor va ozuqabop osimliklar xom ashyosini qadoqlash liniyalari tashkil etildi.

2015 yilning III choragi davomida ormon fondi yerlaridan qoshimcha foydalanish tarmoqlarida 543,8 mln. somlik (otgan yilga nisbatan

103,7 foiz) xalq istemol mollari ishlab chiqarildi va 61,4 ming somlik axoliga pullik xizmat korsatildi.

Kasanachilik asosida 14 ta qoshimcha yangi ishchi orinlari tashkil etildi.