O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi bo‘yicha 2017-yilning I choragi davomida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida maʼlumot
Hisobot davrida Oʼrmon xoʼjaligi bosh boshqarmasi va uning tizimidagi oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy koʼrsatkichlarning bajarilishini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
2017 yilning I choragi davomida 18 ming gektar, (rejaga nisbatan 100 foiz) shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 7 ming gektar maydonda choʼl oʼsimliklaridan yangi oʼrmonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga koʼmak berish tadbirlari olib borilgan.
Rejadagi 141 gektar oʼrniga amalda 153 gektar maydonda niholxona va koʼchatxonalar tashkil etilib, belgilangan reja 108 foizga bajarilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi lola daraxti va qirim qaragʼayi koʼchatlarini ekishni koʼpaytirish borasidagi 683-F-sonli va 2013 yil 24 avgustdagi 539-f-sonli farmoyishlari ijrosini taminlash maqsadida respublika boʼyicha koʼchat ekish oyligi mavsumida 3500 donadan ortiq lola daraxti va 64300 donadan ortiq qirim qaragʼayi 79000 donadan ortiq chilonjiyda koʼchatlari ekilgan.
Hozirda respublikamiz xududida manzarali va mevali daraxt hamda buta koʼchatlari ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Oʼrmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qoʼriqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida rejadagi 604,3 gektar (rejaga nisbatan 100 foiz) maydonda oʼrmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan rejadagi 106,7 gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borilgan.
2017 yilning I choragi davomida rejadagi 25,5 km masofada yongʼinga qarshi yo‘llar 2 km yangi ximoya liniyalari, 5,8 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, rejadagi 25,5 km oʼrmon xoʼjaligi ahamiyatiga ega va yongʼinga qarshi yo‘llar va rejadagi 121,5 km minerallashtirilgan polosalar tamirlanib, barcha koʼrsatkichlar rejaga nisbatan toʼliq bajarilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 yanvardagi “Oʼrmon xoʼjaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor oʼsimliklar etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, oʼrmon xoʼjaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash boʼyicha 2017 yilga moʼljallangan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 4-sonli yigʼilish bayonining ijrosini taminlash maqsadida 1380,4 gektar maydonda dorivor va ozuqabop oʼsimliklar plantatsiyalari tashkil etilgan.
2017 yilning I choragi davomida oʼrmon fondi erlaridan qoʼshimcha foydalanish tarmoqlarida 234,7 mln. soʼmlik (oʼtgan yilga nisbatan 110,4 foiz) xalq istemol mollari ishlab chiqarildi va 24,4 ming soʼmlik axoliga pullik xizmat koʼrsatilgan.
Kasanachilik asosida 10 ta qoʼshimcha yangi ishchi oʼrinlari tashkil etildi.
Yordamchi xoʼjaliklar tomonidan hisobot davrida 81,4 tsentner goʼsht ishlab chiqarilgan.
Tizim xoʼjaliklari tomonidan xisobot davrida 314 tn qora metall parchalari yigʼib topshirilib, topshiriq 100,6 foizga bajarilgan.