O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimida 2017-yilning II choragi davomida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida maʼlumot
Hisobot davrida Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi va uning tizimidagi oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy koʼrsatkichlarning bajarilishini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
2017 yilning birinchi yarim yilligi davomida oʼrmon fondi erlarida 21,5 ming gektar, shundan, pista 1 ming gektarga yaqin, yongʼoq 260 gektar, bodom 280 gektar, unabi (chilonjiyda) 40 gektarga yaqin, oʼtinbop 1,2 ming gektardan ortiq, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida 10,1 ming gektar maydonda oʼrmon barpo etildi va tabiiy tiklanishiga koʼmak berish tadbirlari olib borilgan, shuningdek, 260 gektardan ortiq maydonda niholxona va koʼchatxonalar tashkil etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi lola daraxti va qrim qaragʼayi koʼchatlarini ekishni koʼpaytirish borasidagi 683-F-sonli va 2013 yil 24 avgustdagi 539-f-sonli farmoyishlari ijrosini taminlash maqsadida respublika boʼyicha joriy yil koʼchat ekish oyligi mavsumida 3,5 ming donadan ortiq lola daraxti, 342 ming dona kashatan va 64 ming donadan ortiq qrim qaragʼayi, 84 ming donadan ortiq unabi (chilonjiyda) koʼchatlari ekilgan.
Oʼrmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qoʼriqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 19,2 ming gektar maydonda oʼrmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi ishlari amalga oshirildi, shundan 13,9 ming gektar maydonda biologik usul qoʼllanildi.
Oʼrmon kasallik va zararkunadalariga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilda 19 ta oʼrmon xoʼjaligida biolaboratoriyalar tashkil etish rejalashtirilib, dastlabki ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, 100 km masofada yongʼinga qarshi yo‘llar, 34 km yangi himoya liniyalari, 214 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, 1140 km oʼrmon xoʼjaligi ahamiyatiga ega va yongʼinga qarshi yo‘llar va 1470 km minerallashtirilgan polosalar tamirlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 yanvardagi “Oʼrmon xoʼjaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor oʼsimliklarni etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, oʼrmon xoʼjaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash boʼyicha 2017 yilga moʼljallangan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 03-12-5-sonli yigʼilish bayoni ijrosi boʼyicha oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan 1995 gektar maydonda 48 turdagi dorivor va ozuqabop oʼsimliklar plantatsiyalari tashkil etildi. Farmatsevtika korxonalari bilan 1096,9 ming soʼm miqdoridagi dorivor oʼsimliklar xom ashyosini etkazib berish boʼyicha shartnomalar tuzilgan boʼlib, 5533,8 tonna tabiiy holda oʼsuvchi dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xom ashyosini tayyorlash uchun kvota ajratildi.
Joriy yilning shu davriga qadar tizim oʼrmon xoʼjaliklarida 1,5 ming tonnaga yaqin 16 turdagi dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xom ashyosi tayyorlandi.
Oʼrmon fondi erlaridan qoʼshimcha foydalanish tarmoqlarida 580 mln. soʼmlik xalq istemol mollari ishlab chiqarildi va 65,3 mln soʼmlik aholiga pullik xizmat koʼrsatildi.