Qidirish

O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimida 2017-yilning III choragi davomida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida ma’lumot

Hisobot davrida Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi va uning tizimidagi oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy koʼrsatkichlarning bajarilishini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

2017 yilning III choragi davomida oʼrmon fondi erlarida 20 ming gektar, shundan, pista – 992 ga, yongʼoq – 254 ga, bodom – 266 ga, chilonjiyda – 40 ga, oʼtinbop – 1340 ga, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida 10,0 ming gektar maydonda oʼrmon barpo etildi va tabiiy tiklanishiga koʼmak berish tadbirlari olib borilgan.

Rejadagi 239 gektar oʼrniga amalda 241 gektar maydonda niholxona va koʼchatxonalar tashkil etilib, belgilangan reja 101 foizga bajarilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil

16 oktyabrdagi lola daraxti va qrim qaragʼayi koʼchatlarini ekishni koʼpaytirish borasidagi 683-F-sonli va 2013 yil 24 avgustdagi 539-f-sonli farmoyishlari ijrosini taminlash maqsadida respublika boʼyicha joriy yil koʼchat ekish oyligi mavsumida 3500 donadan ortiq lola daraxti va

64000 donadan ortiq qrim qaragʼayi 84000 donadan ortiq chilonjiyda koʼchatlari ekilgan.

Oʼrmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qoʼriqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida rejadagi 24,5 ming gektar (rejaga nisbatan 100 foiz) maydonda oʼrmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan rejadagi 14 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi.

2017 yilning III choragi davomida rejadagi 132 km masofada yongʼinga qarshi yo‘llar 35 km yangi himoya liniyalari, 351 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, rejadagi 1610 km oʼrmon xoʼjaligi ahamiyatiga ega va yongʼinga qarshi yo‘llar va rejadagi 1728 km minerallashtirilgan polosalar tamirlanib, barcha koʼrsatkichlar rejaga nisbatan toʼliq bajarilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 yanvardagi “Oʼrmon xoʼjaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor oʼsimliklarni etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, oʼrmon xoʼjaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash boʼyicha 2017 yilga moʼljallangan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 03-12-5-sonli yigʼilish bayoni ijrosi boʼyicha Oʼrmon xoʼjaliklarida madaniy holda etishtiriladigan dorivor oʼsimliklar turlarini koʼpaytirish hisobiga oʼsimliklar madaniy plantatsiyalar maydonini kengaytirish hamda dorivor oʼsimliklarni tayyorlash va etishtirish hajmini oshirish maqsadida oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan 1995 gektar maydonda 47 turdagi dorivor va ozuqabop oʼsimliklar plantatsiyalari tashkil etildi. Farmatsevtika korxonalari bilan 1096,9 ming soʼm miqdoridagi dorivor oʼsimliklar xom ashyosini etkazib berish boʼyicha shartnomalar tuzilgan boʼlib, 5533,8 tonna tabiiy holda oʼsuvchi dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xom ashyosini tayyorlash uchun kvota ajratildi.

Joriy yilning shu davriga qadar tizim oʼrmon xoʼjaliklarida 3135 tonna 58 turdagi dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xom ashyosi tayyorlandi.

2017 yilning III choragi davomida oʼrmon fondi erlaridan qoʼshimcha foydalanish tarmoqlarida 641,2 mln. soʼmlik (oʼtgan yilga nisbatan

107,3 foiz) xalq istemol mollari ishlab chiqarildi va 69,7 ming soʼmlik axoliga pullik xizmat koʼrsatildi.

Kasanachilik asosida 17 ta qoʼshimcha yangi ishchi oʼrinlari tashkil etildi.

Yordamchi xoʼjaliklar tomonidan hisobot davrida 203 tsentner goʼsht ishlab chiqarilgan.

Tizim xoʼjaliklari tomonidan hisobot davrida 831 tn qora metall parchalari yigʼib topshirilib, topshiriq 100,8 foizga bajarilgan.

2017 yilning 1 oktyabr holatiga debitorlik qarzlar 6746 mln. soʼmni, kreditorlik qarzlar esa 4570 mln. soʼmni va yalpi daromad 35500 mln. soʼmni tashkil etishi kutilmoqda.