Qidirish

O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimida 2017-yil davomida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida ma’lumot

Hisobot davrida Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi va uning tizimidagi oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy koʼrsatkichlarning bajarilishini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

2016 yilda 44 ming gektar maydonda oʼrmonzorlar barpo etilgan boʼlsa, 2017 yilda 44,5 ming gektar erda (oʼsish 101%) (oʼtinbop-1 600 ga, yongʼoqmevali-4 466 ga), shu jumladan Orolning qurigan tubida 19,0 ming gektar maydonda oʼrmon barpo etildi.

Oʼrmonlarning xatosini toʼldirish tadbirlari 2016 yilda 17,2 ming gektarda amalga oshirilgan boʼlsa, 2017 yilda 18 ming gektarda (oʼsish 102%) bajarildi. 2018 yilda bunday tadbirlar 18,5 ming gektarda bajarilishi rejalashtirilmoqda.

Oʼrmon barpo qilish va koʼchatxonalar tashkil etish tadbirlari uchun 2016 yilda 181 tonna tayyorlangan boʼlsa, 2017 yilda 240 tonnadan (oʼsish 132%) ortiq turli daraxt va buta urugʼlari tayyorlandi. 2018 yilda 300 tonna urugʼ tayyorlash rejasi belgilangan.

Oʼrmon barpo qilish va koʼkalamzorlashtirish maqsadlarida 2016 yilda 650 gektarda 39 mln.dona koʼchat va nihollar etishtirilgan boʼlsa, 2017 yilda 700 gektardan ortiq koʼchatxonalarda 45,0 mln.dona (oʼsish 115%) nihol va koʼchatlar etishtirildi. Jumladan, 19,9 mln.dona manzarali va tez oʼsuvchi daraxtlarning nihol va koʼchatlari, 4,5 mln.dona ignabargli daraxt koʼchatlari, 3,9 mln.dona mevali koʼchatlar, 1,4 mln.dona yongʼoq mevali koʼchatlar va 15 mln. donadan ortiq choʼl oʼsimliklari nihollari etishtirildi.

Oʼrmon xoʼjaliklarining oʼz ehtiyojlariga hamda tashkilotlar va aholi extiyojlari uchun 2018 yilda 50 mln dona turli xil daraxt va butalar nihollari va koʼchatlarini etishtirishni tashkil etish rejalashtirilgan.

Yosh oʼrmonlarni parvarishlash tadbirlari 2016 yilda 33,6 ming gektarda bajarilgan boʼlsa, 2017 yilda 45,1 ming gektarda (oʼsish 134,2%) bajarildi. 2018 yilda ushbu tadbirlarni 46 ming gektarda bajarish rejalashtirilmoqda.

Oʼrmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qoʼriqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida rejadagi 25,9 ming gektar (rejaga nisbatan 100 foiz) maydonda oʼrmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan rejadagi 15,7 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi.

2017 yil davomida rejadagi 132 km masofada yongʼinga qarshi yo‘llar 36 km yangi himoya liniyalari, 279 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, rejadagi 1756 km oʼrmon xoʼjaligi ahamiyatiga ega va yongʼinga qarshi yo‘llar va rejadagi 1791 km minerallashtirilgan polosalar tamirlanib, barcha koʼrsatkichlar rejaga nisbatan toʼliq bajarilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 yanvardagi “Oʼrmon xoʼjaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor oʼsimliklarni etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, oʼrmon xoʼjaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash boʼyicha 2017 yilga moʼljallangan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 03-12-5-sonli yigʼilish bayoni ijrosi boʼyicha Oʼrmon xoʼjaliklarida madaniy holda etishtiriladigan dorivor oʼsimliklar turlarini koʼpaytirish hisobiga oʼsimliklar madaniy plantatsiyalar maydonini kengaytirish hamda dorivor oʼsimliklarni tayyorlash va etishtirish hajmini oshirish maqsadida oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan 1 995 gektar maydonda 45 turdagi dorivor va ozuqabop oʼsimliklar plantatsiyalari tashkil etildi. Farmatsevtika korxonalariga bilan 4205 mln soʼmlik dorivor oʼsimliklar xom ashyosi etkazib berildi. 2017 yilda 5 379,3 tonna tabiiy holda oʼsuvchi dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xom ashyosini tayyorlash uchun kvota ajratildi.

Joriy yilda tizim oʼrmon xoʼjaliklarida 4 200 tonna 61 turdagi dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xom ashyosi tayyorlandi.

2017 yil davomida oʼrmon fondi erlaridan qoʼshimcha foydalanish tarmoqlarida 1 220,7 mln. soʼmlik (oʼtgan yilga nisbatan 153,2 foiz) xalq istemol mollari ishlab chiqarildi va 101,1 ming soʼmlik (oʼtgan yilga nisbatan 118 foiz) axoliga pullik xizmat koʼrsatildi.

Kasanachilik asosida yangidan 371 ta qoʼshimcha yangi ishchi oʼrinlari tashkil etildi.

2016 yilda 2 854 tonna mevali va yongʼoq mevali mahsulotlar etishtirilgan boʼlib, 975 mln soʼm daromad olingan. 2017 yilda 3 178 tonna (oʼsish 111,3%) mahsulot etishtirilib, 5,6 mlrd. soʼm daromad olindi.

2018 yilda 3 966 tonna (oʼsish 124%) rejalashtirilib, 7,7 mlrd. soʼm daromad olinishi rejalashtirilmoqda.

2016 yilda 284 tonna texnik va moyli ekinlar etishtirilgan boʼlib, 625 mln soʼm daromad olingan. 2017 yilda 1 129 tonna (oʼsish 398%) mahsulot etishtirilib, 2,8 mlrd.soʼm daromad olindi. 2018 yilga 6 580 tonna (oʼsish 583%) rejalashtirilib, 4,8 mlrd.soʼm daromad olinadi.

2016 yilda 3 476 tonna sabzavot va poliz mahsulotlari etishtirilgan boʼlib, 1,1 mlrd. soʼm daromad olingan. 2017 yilda 4 227 tonna (oʼsish 122%) mahsulot etishtirilib, 3,8 mlrd.soʼm daromad olindi. 2018 yilga 18 039 tonna (oʼsish 427%) rejalashtirilib, 6,9 mlrd. soʼm daromad olinadi.

2016 yilda 3 595 tonna don va dukkakli don mahsulotlari etishtirilgan boʼlib, 1,0 mlrd. soʼm daromad olingan. 2017 yilda 4 326 tonna (oʼsish 120%) mahsulot etishtirilib, 4,2 mlrd.soʼm daromad olindi. 2018 yilga 11 460 tonna (oʼsish 265%) rejalashtirilib, 9,6 mlrd. soʼm daromad olinadi.

2016 yilda 6 564 tonna ozuqabop ekinlar etishtirilgan boʼlib, 712 mln.soʼm daromad olingan. 2017 yilda 7 515 tonna (oʼsish 114%) mahsulot etishtirilib, 2,4 mlrd. soʼm daromad olindi. 2018 yilga 13 016 tonna (oʼsish 173%) rejalashtirilib, 3,4 mlrd. soʼm daromad olinadi.

Аsalarichilikni rivojlantirish boʼyicha – asalari oilalari soni 2016 yilda 12 071 ta boʼlib, 320 mln. soʼm daromad olingan boʼlsa, 2017 yilda 15 196 oilaga etkazilib, 1,5 mlrd. soʼm daromad olindi (oʼsish 126%),

2018 yilda asalari oilalari sonini jami 14 518 oilaga koʼpaytirish rejasi belgilangan boʼlib, haqiqatda 20000 ga etkazib (oʼsish 132%) 2,9 mlrd soʼm daromad olinadi.

Аsal ishlab chiqarish boʼyicha – 2016 yilda 198 tonna asal etishtirilgan boʼlsa, 2017 yilda 267 tonna asal etishtirildi (oʼsish 131%), 2018 yilda asal ishlab chiqarish hajmini jami 340 tonnaga etkaziladi.

Parrandachilikni rivojlantirish boʼyicha – 2016 yilda parranda bosh soni 18 387 bosh boʼlgan boʼlsa, 2017 yilda 21 887 bosh soniga etkazildi (oʼsish 119%), 2018 yil 24 755 bosh soniga etkazilib (oʼsish 113%), 1,7 mlrd. soʼm daromad olish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari 2016 yilda 7,0 tonna parranda goʼshti ishlab chiqilgan boʼlib, 2017 yilda 9,4 tonna (oʼsish 134%) ishlab chiqildi. 2018 yilda 13,1 tonna (oʼsish 139%) goʼsht ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Sohada 2016 yilda 520 ming dona tuxum etishtirilgan boʼlsa, 2017 yilda 1 387 ming dona (oʼsish 266%)ga koʼpaytirildi. 2018 yilda 1466 ming donaga etkaziladi.

Baliqchilik boʼyicha – 2016 yilda 265 gektar suv havzasida 144,6 tonna baliq etishtirilib, 212 mln soʼm daromad olingan, 2017 yilda 363 gektar suv xavzasida 544,5 tonnaga etkazildi va 822 mln. soʼm daromad (oʼsish 137%) olindi. 2018 yilda 680 gektar suv havzasida (oʼsish 187%) 1020 tonna baliq etishtirib, 1,6 mlrd. soʼm daromad olish koʼzlangan.

Chorvachilikni rivojlantirish boʼyicha – 2016 yilda mayda shoxli mol bosh soni 18 002 ta boʼlib, 342 mln soʼm daromad olingan. 2017 yilda 21 712 bosh songa etkazilib, 1,3 mlrd. soʼm daromad olingan (oʼsish 121%). 2018 yil 29 454 bosh soniga etkazilib (oʼsish 136%), 2,3 mlrd.soʼm daromad olish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2016 yilda 2,7 tonna chorva goʼshti etishtirilgan boʼlsa, 2017 yilda 3,4 tonna (oʼsish 126%) etishtirildi.

2018 yilda 4,0 tonna (oʼsish 118%) goʼsht etishtirish rejalashtirilmoqda.

2016 yilda yirik shoxli mol bosh soni 793 ta boʼlib, 201 mln soʼm daromad olingan boʼlsa, 2017 yilda 851 taga etkazilib, 811 mln soʼm daromad olindi (oʼsish 107%). 2018 yil 1050 bosh soniga etkazilib (oʼsish 124%), 1,1 mlrd soʼm daromad olish rejalashtirilmoqda.

2016 yilda yilqi bosh soni 1 199 ta boʼlgan boʼlsa, 2017 yilda 1 286 taga etkazildi (oʼsish 107%). 2018 yil 1 399 bosh soniga etkazilishi yoki 109 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.

Tizim xoʼjaliklari tomonidan hisobot davrida 836 tn qora metall parchalari yigʼib topshirilib, topshiriq 101, foizga bajarilgan.

2016 yilda xoʼjaliklar tomonidan olingan yalpi daromad miqdori 90,8 mlrd. soʼmni, shundan foyda 39,6 mlrd. soʼmni tashkil etgan boʼlsa, 2017 yilda yalpi daromad 170 mlrd. soʼm (oʼsish 187%), shundan foyda 73,7 mlrd. soʼmni (oʼsish 179%) tashkil etdi.

Qoʼshimcha rezervlardan foydalanish orqali oʼrmon iqtisodini diversifikatsiya qilish hisobiga 2018 yilda yalpi daromadni

259,7 mlrd.soʼmga va foydani 104,1 mlrd. soʼmga bajarish hisobiga 2017 yilga nisbatan 1,5 barobarga oshirish rejalashtirilmoqda.

Jumladan:

– koʼchatchilikdan olinadigan daromad 2017 yilda 10,2 mlrd. soʼm va 2018 yilda 14,6 mlrd. soʼm, koʼrsatkich 1,4 barobarga oshishi kutilmoqda.

– chorvachilik va yaylovlardan samarali foydalanish hisobiga olinadigan daromad

2017 yilda 9,5 mlrd. soʼm va 2018 yilda 11,5 mlrd. soʼm, koʼrsatkich 1,2 barobarga oshishi kutilmoqda.

– dorivorchilikdan olinadigan daromad 2017 yilda 8,2 mlrd. soʼm va 2018 yilda

12,1 mlrd. soʼm, koʼrsatkich 1,5 barobarga oshishi kutilmoqda.

– qishloq xoʼjaligi mahsulotlari etishtirishdan olinadigan daromad 2017 yilda

20,4 mlrd. soʼm va 2018 yilda 30,6 mlrd. soʼm, koʼrsatkich 1,5 barobarga oshishi kutilmoqda.

– boshqa mahsulot va xizmatlardan olinadigan daromad 2017 yilda 22 mlrd. soʼm va 2018 yilda 35,8 mlrd. soʼm, koʼrsatkich 1,2 barobarga oshishi kutilmoqda.

2018 yilning 1 yanvar holatiga debitorlik qarzlar 6571 mln. soʼmni, kreditorlik qarzlar esa 3461 mln. soʼmni tashkil etgan.

Oʼrmon xoʼjaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 2016 yilda 9 ta avtomashina, 5 ta traktor (shundan 1 ta qator orasiga ishlov beradigan), 4 ta tirkama, 2 ta chizelь, 2 ta plug va 2 ta presspodborshik xarid qilingan.

2017 yilda esa bu koʼrsatkich sezilarli darajada ortdi. Jumladan, 11 ta avtomashina, 22 ta traktor (shundan 3 ta qator orasiga ishlov beradigan), 5 dona tirkama, 2 ta kulьtivator, 2 ta chizelь, 3 ta ekish seyalkasi, 6 ta plug, 1 ta borona, 2 ta purkagich va 1 ta presspodborshik “Oʼzagrolizing” АK orqali lizing shartnomasi asosida xarid qilindi. Ushbu lizing shartnomasida koʼrsatilgan boshlangʼich toʼlov Oʼrmon xoʼjaligini rivojlantirish Jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan toʼlab berildi.

Shuningdek, 2018 yilda “Аgrobank” АTB krediti asosida 30 ta traktor, 2 ta kombayn, 20 ta tirkama, 10 ta kulьtivator, 15 ta chizelь, 6 ta ekish seyalkasi, 5 ta borona, 40 ta plug, 15 ta purkagich va 10 ta presspodborshik;

Oʼrmonni rivojlantirish Jamgʼarmasi hisobidan, 15 ta qator orasiga ishlov beradigan traktor, 11 ta “ISUZU” rusumli yuk avtomashinalari, viloyat oʼrmon xoʼjaligi boshqarmalari uchun 26 ta avtomashina xarid qilish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Belorusiyaning “Аmkodor” va Rossiyaning “UАZ” korxonalarida ishlab chiqarilgan, unumdorligi yuqori boʼlgan qishloq xoʼjaligi va oʼrmon maxsus texnikalarini 5 yil davomida lizing asosida sotib olish boʼyicha kelishuv olib borilmoqda.