O‘rmon xo‘jaligi sohasida 2015-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot
Hisobot davrida oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy koʼrsatkichlarning bajarilishini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
18,3 ming gektar, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida 6,8 ming gektar maydonda choʼl oʼsimliklaridan yangi oʼrmonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga koʼmak berish tadbirlari olib borildi. 153 gektar maydonda niholxona va koʼchatxonalar tashkil etildi;
Koʼchat ekish oyligi davomida respublika boʼyicha 3800 tupdan ortiq lola daraxti, 50000 tupdan ortiq qirim qaragʼayi, 82000 tupdan ortiq chilonjiyda koʼchatlari ekildi. Hozirgi vaqtda manzarali va mevali daraxt hamda buta koʼchatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda;
Oʼrmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qoʼriqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 751 gektar maydonda oʼrmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan 175 gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi. Shuningdek, 47 km masofada yongʼinga qarshi yo‘llar, 2 km yangi himoya liniyalari, 22 km minerallashtirilgan polosalar qurildi. Bundan tashqari, 123 km oʼrmon xoʼjaligi ahamiyatiga ega va yongʼinga qarshi yo‘llar, 43 km minerallashtirilgan polosalar tamirlandi;
1945 gektar maydonda dorivor va ozuqabop oʼsimliklar plantatsiyalari tashkil etildi. Dorivor va ozuqabop oʼsimliklarni yetkazib berish boʼyicha farmatsevtika korxonalari bilan jami 265 ta, shu jumladan, Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi korxonalar bilan 46 ta, “Dori-darmon” АK bilan 58 ta va “Farmsanoat korxonalari bilan 161 ta shartnomalar tuzildi.
Oʼrmon fondi yerlaridan qoʼshimcha foydalanish tarmoqlarida 212,4 mln soʼmlik (oʼtgan yilga nisbatan 110,7 foiz) xalq istemol mollari ishlab chiqarildi va aholiga 21,8 ming soʼmlik pullik xizmat koʼrsatildi. Kasanachilik asosida 8 ta qoʼshimcha yangi ishchi oʼrinlari tashkil etildi.