Qidirish

O‘rmon xo‘jaligi sohasida 2016-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot

Hisobot davrida oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy koʼrsatkichlarning bajarilishini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

19,3 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 9,2 ming gektar maydonda choʼl oʼsimliklaridan yangi oʼrmonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga koʼmak berish tadbirlari olib borildi. 241 gektar maydonda niholxona va koʼchatxonalar tashkil etildi;

respublika boʼyicha koʼchat ekish oyligi mavsumida 4400 tupdan ortiq lola daraxti va 52900 tupdan ortiq qirim qaragʼayi, 91 ming tupdan ortiq chilonjiyda va boshqa koʼplab mevali va manzarali daraxtlar koʼchat va boʼtalari ekildi;

oʼrmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qoʼriqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 20,4 ming gektar maydonda oʼrmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan 12,3 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi. Shuningdek, 131 km masofada yongʼinga qarshi yo‘llar, 34 km yangi himoya liniyalari, 304 km minerallashtirilgan polosalar qurildi. Bundan tashqari, 1161 km oʼrmon xoʼjaligi ahamiyatiga ega va yongʼinga qarshi yo‘llar va 1211 km minerallashtirilgan polosalar tamirlandi.

2330 gektar maydonda 37 turdagi dorivor va ozuqabop oʼsimliklar plantatsiyalari tashkil etildi. Farmatsevtika korxonalari bilan 2813,1 mln soʼmlik dorivor oʼsimliklar xomashyosini yetkazib berish boʼyicha shartnomalar tuzildi. Hisobot davrida 1 ming tonnadan ziyod dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xomashyosi tayyorlandi.

Oʼrmon fondi yerlaridan qoʼshimcha foydalanish tarmoqlarida 401,4 mln soʼmlik (oʼtgan yilga nisbatan 109,7 foiz) xalq istemol mollari ishlab chiqarildi va aholiga 43,63 ming soʼmlik pullik xizmat koʼrsatildi.