O‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasida 2015-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot
Hisobot yilida 43 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 17 ming gektar maydonda yangi oʼrmonzorlar barpo etildi va choʼl hududlarining tabiiy tiklanishiga koʼmak berish tadbirlari amalga oshirildi.
Respublikamiz boʼyicha 2015 yil mobaynida boshqa mevali va manzarali daraxtlar qatorida 4700 tupdan ortiq lola daraxti va 36 ming tupga yaqin qrim qaragʼayi, 39 ming tupdan koʼproq chilonjiyda koʼchatlari ekildi.
Oʼrmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qoʼriqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 24,5 ming gektar maydonda oʼrmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan 15,1 gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi.
Dorivor oʼsimliklarni madaniy holda koʼpaytirish maqsadida 1822,8 gektar maydonda dorivor va ozuqabop oʼsimliklar plantatsiyalari, dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xomashyosi quritiladigan 94 ta stellaj, 75 ta saqlash omborxonalari, dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xomashyosini qadoqlovchi 2 ta liniya tashkil etildi.
Oʼrmon fondi yerlaridan qoʼshimcha foydalanish tarmoqlarida 721,8 mln soʼmlik xalq istemol mollari ishlab chiqarildi va aholiga 78,1 ming soʼmlik pullik xizmat koʼrsatildi.
Аxborot xizmati