Qidirish

O‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasida 2015-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot

Oʼrmon xoʼjaligi bosh boshqarmasi va uning tizimidagi oʼrmon xoʼjaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy koʼrsatkichlarning bajarilishini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 18,3 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 6,5 ming gektar maydonda yangi oʼrmonzorlar barpo etildi va choʼl hududlarining tabiiy tiklanishiga koʼmak berish tadbirlari olib borildi.

Koʼchat ekish mavsumi davomida respublikamiz boʼyicha 4600 tupdan ortiq lola daraxti va 35 ming tupga yaqin qirim qaragʼayi, 39 ming tupdan ortiq chilonjiyda koʼchatlari ekildi.

Oʼrmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qoʼriqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 23,5 ming gektar maydonda turli kasallik va zararkunandalarga qarshi, shundan 14,9 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi.

Hisobot davrida 141,5 km masofada yongʼinga qarshi yo‘llar, 36 km yangi himoya liniyalari, 314 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, 1611 km oʼrmon xoʼjaligi ahamiyatiga ega va yongʼinga qarshi yo‘llar, 1485 km minerallashtirilgan polosalar tamirlanib, barcha prognoz koʼrsatkichlar toʼliq bajarildi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 yanvardagi yigʼilishining 5-sonli bayoni bilan tasdiqlangan dasturlar ijrosini taminlash maqsadida 1822,8 gektar maydonda dorivor va ozuqabop oʼsimliklar plantatsiyalari, 94 ta dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xomashyosini quritish stellajlari, 75 ta saqlash omborxonalari, 2 ta dorivor va ozuqabop oʼsimliklar xomashyosini qadoqlash liniyalari tashkil etildi.