E‘LON!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-199-son Farmoniga asosan 2024 yilda o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘rmon barpo etish, uning qayta tiklanishini ta’minlash, muhofaza qilish va o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish tadbirlari uchun zarur asbob-uskunalar va maxsus texnikalarni sotib olish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida asosiy vositalar sotib olish uchun mablag‘ ajratilgan.
Jumladan, ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun suv tashuvchi texnikalar sotib olish rejalashtirilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘rmon xo‘jaligi agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-199-son farmoniga asosan sotib olinishi rejalashtirilayotgan suv tashuvchi texnikalarini qisqa muddatda yetkazib berish imkoniyati mavjud bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan takliflarni 2024 yilning 31 mayiga qadar agentlikning info@urmon.uz elektron manziliga qabul qiladi.
Takliflar agentlikning xarid komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda eng ma’qul takliflar tanlab olinadi.
Murojaat uchun telefon. 71-263-06-70, 71-263-04-20,
100164, Toshkent v., Qibray t., Universitet k., 2-uy.
urmon1@exat.uz, info@urmon.uz