Qidirish
24/02/25, 17:49
1347

“10 000 qadam!” jamoatchilik aksiyasi o‘tkazildi

Inson salomatligini mustahkamlashda ommaviy sport bilan shug'ullanish foydali hisoblanadi. Bugun sog'lom turmush tarziga rioya etish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Har yili respublikamiz bo‘ylab turli ommaviy sport tadbirlarining tashkil etib kelinayotgani buning yaqqol dalilidir.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “Yashil” iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent botanika bog‘ida “10 000 qadam!” jamoatchilik aksiyasi tashkil etildi.

Tadbirda Ekologiya vazirligi markaziy apparati, O'rmon xo'jaligi agentligi rahbar va xodimlari, “Yosh ekologlar” harakati hamda Yosh turizm elchilari Kengashi vakillari faol ishtirok etdi.