Qidirish
30/05/24, 17:14
973

2024-yilning o‘tgan davrida o‘rmon muhofazasi va o‘rmon yong‘iniga qarshi 2500 dan ziyod tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘rmon xo‘jaligi agentligi boshqarma boshlig‘i Davron Ravshanov ma’lum qildi.

O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 20243-yil o‘tgan davri davomida o‘rmonlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish maqsadida Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan 970 km masofada oraliq joylar, 910 km yong‘inga qarshi yo‘llar, 880 km yong‘inga qarshi himoya chiziqlari qurilib, mavjud 610 km oraliq joylar, 1000 km yo‘llar hamda 780 km yong‘inga qarshi himoya chiziqlarni ta’mirlash ishlari olib borildi. Hozirgi kunda bunday tadbirlari amalga oshirish davom ettirilib kelinmoqda.

Shuningdek, tizim tashkilotlari tomonidan o‘rmon muhofazasi va o‘rmon yong‘iniga qarshi 2500 dan ziyod tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borildi.

O‘rmon hududlariga yaqin yashovchi aholi va tashrif buyuruvchilar uchun o‘rmondan to‘g‘ri foydalanish, o‘rmon yong‘inlarini sodir etmaslik bo‘yicha yangi 1500 ga yaqin ogohlantiruvchi bannerlar joylashtirilib, hududlarda jami 278 ming litrdan oshiq suv zaxiralari o‘rnatildi.

Hozirgi kunga qadar tizim tashkilotlarida o‘rmon yong‘inlarini oldini olish va ularni bartaraf etishda zarur bo‘lgan birlamchi vosita va jihozlar shay holatga keltirildi.

Jumladan, 290 dan oshiq yangi yong‘inga qarshi himoya burchaklari o‘rnatilib, 190 tasi ta’mirlandi. Jami 12 700 ga yaqin yong‘inga qarshi kurashda ishlatiladigan vositalar (motopompa, ognetushitel, motiga, belkurak, qo‘l arra, moto arra, bolta, ketmon, xaskash, o‘t o‘chirishga moslashgan supurgi) yong‘inga qarshi va uni bartaraf etish uchun tayyorlandi. Hozirgi kunda birlamchi vositalar bilan ta’minlash ishlari davom ettirilmoqda.

Hozirgi kunda o‘rmon xo‘jaliklar hududini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilib kelinmoqda.

Shuningdek, tizim tashkilotlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarma va bo‘limlari bilan birgalikda o‘rmon yong‘inlarini oldini olish va ularga qarshi kurashish to‘g‘risida chora-tadbirlar belgilanib, joylarda o‘quv-taktik mashg‘ulotlari olib borilib, ommaviy axborot vositalarida hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida (https://urmon.uz/uz/17005/, https://urmon.uz/uz/17038/ ) keng yoritilmoqda.

Hozirgi kunda o‘rmon yong‘inlarini oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar, o‘quv mashg‘ulotlar hamda targ‘ibot va tashviqot ishlari davom ettirilib kelinmoqda.

Shuningdek, tizim tashkilotlari tomonidan 27 800 gektar maydonda zararkunanda va kasalliklarni aniqlash ishlari olib borilib, 11 200 gektar maydonda aniqlangan zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish tadbirlari olib borildi. Shu jumladan 10 150 gektar maydonda zararkunandalarga qarshi biologik kurash ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida antragnoz, un shudring, parsha, barg bujmayishi, zamburug‘, zang, dog‘lanish, dipladioz kasalliklari aniqlanib ularga qarshi Vektra 10%, Bordo suyuqligi, Bagira 20%, Siperfos 55%, Nurell-D 55% vositalari ishlatildi. Aniqlangan O‘rta Osiyo ipak qurti, pista va terak bargxo‘ri, o‘rgimchakkana, kolorado qalqondori, simqurt, Tengsiz ipakchi, trips kasalliklari aniqlanib, ularga qarshi Bi-58, Prestij plyus, Indoksamektin, Agrofos D 55, Entoluchino 20%, Dublet Ekstra vositalari hamda Enjeo, Bi 58, T 35, Karbafos 50%, Karate 5%, Patriyot 12,5% kimyoviy preparatlar texnika va suv purkagich (RTR MAX) yordamida ishlov berildi.