2030 yilgacha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini rivojlantirish konseptsiyasi tasdiqlanib, amalga oshiriladi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati – mis-molibden, polimetall va oltin tarkibli ma'danlarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda yetakchi sanalib, mis mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 30 ta yirik korxona safiga kiradi.
Bugungi kunda OKMK tarkibiga 6ta konchilik korxonasi, 5ta boyitish fabrikasi, mis eritish va rux zavodlari, Nodir metallar va qattiq qotishmalari ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, markaziy ta'mirlash-mexnika zavodi, ohak zavodi, sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi, avtomobilь va texnologik transport boshqarmalari, iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, shuningdek, 20dan ortiq yordamchi sexlar va laboratoriyalar kiradi. Kombinatda 35 mingdan ziyod ishchi-xodimlar ishlaydi.Yiliga 148 ming tonnadan ortiqmis katodi, 90 ming tonna rux metali, shuningdek, oltin va kumush qimmatbaho metallari, molibden, volьfram, reniy, selen, tellur va kadmiy kabi noyob metallarishlab chiqariladi.OKMK 17 xil mahsulotni 16 ta xorijiy davlatlarga eksport qiladi.
Kombinatning ma'dan zaxiralari “Qalmoqqir”, “Sariq-Cho‘qqi”, “Yoshlik-1” ochiq konlari va 4ta yerosti konlarida joylashgan. Ushbu mineral xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida «SRK Consulting» kompaniyasi tomonidan zahiralar JORC kodeksi standartlariga muvofiq qayta baholandi hamda konlarning matematik-geologik modeli yaratildi. «SRK Consulting» kompaniyasining xulosasiga ko‘ra, “Yoshlik-1” koni dunyoda ma'dan tarkibida oltin hajmi bo‘yicha yirik kon, deya tan olindi. Ma'dan tarkibida oltin hajmi bo‘yicha kombinat zahiralari1-o‘rinda, mis konlaridagi ma'dan o‘rtacha oltin tarkibi bo‘yicha 2-o‘rin, ma'dan hajmi bo‘yicha 3-o‘rin, tarkibidagi mis hajmi bo‘yicha 6-o‘rinni egallaydi.
Soha vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilgacha kombinatni rivojlantirish konseptsiyasi tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda. Uning doirasida ““Yoshlik-1” konini” o‘zlashtirish va 3-Mis boyitish fabrikasini qurish olib borilmoqda. Shuningdek, yangi metallurgiya majmuasini loyihalashtirish va qurish ishlari boshlanmoqda.Bunda kombinat investitsiya portfelining qiymati 15,0 mlrd dollarni tashkil etadi. Mazkur loyiha O‘zbekiston tarixidagi eng yirik investitsiya loyihalaridan biridir. Uning amalga oshirilishi natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvati bir necha barobarga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘z navbatida respublika yalpi ichki mahsuloti hajmi o‘sishiga ham xizmat qiladi.
MDH davlatlarida yagona bo‘lgan va zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga egabu fabrika kombinatning ma'danni qayta ishlash quvvatini 100 mln tonnaga yetkazadi.Kelgusida 4-Mis boyitish fabrikasi qurilishi ham ko‘zda tutilgan Mazkur megaloyiha mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiniga xizmat qilishi bilan muhimdir.
Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati