21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning oʻz tiliga egaligi bilan belgilanadi. 1989-yil 21-oktyabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, oʻzbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi.
Ona tili – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan boʻlib, “Oʻzbek tili oʻzbek xalqining maʼnaviy mulkidir” deya taʼkidlanishi jamoatchilikning gʻururiga gʻurur qoʻshdi. Shu tariqa oʻzbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʻi, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi barcha yurtdoshlarimizni bugungi bayram – “Oʻzbek tili bayrami” kuni bilan muborakbod etadi!