Qidirish
27/06/24, 06:54
335

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Qadrli jurnalistlar! O‘rmon xo‘jaligi agentligi rahbariyati va jamoasi Sizni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, inson qadri, yurt manfaati, vatan taraqqiyotini yuksaklarga ko‘tarish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaydi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Haqiqatan ham, har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, o‘zining hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan ko‘tarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga, avvalo, sizlar kabi ma’naviy jasorat egalarigina qodir bo‘ladi”, – deya bildirgan fikrlari sizlarga bo‘lgan yuksak e’tiborning ifodasidir.

El-yurt manfaati va Vatanimiz salohiyatini bundan-da yuksaklarga ko‘tarish yo‘lidagi mas’uliyatli ishlaringizda yangidan yangi zafarlar tilaymiz. Siz sharafli kasb egalariga doimo g‘ayrat, kuch va shijoat hamroh bo‘lsin!

O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori

Nizomidin Bakirov.