Qidirish
11/04/23, 15:17
1187

30-mart - Xalqaro chiqindisiz kun! Yurtimiz obodligiga hissa qo‘shing!

Bugungi kunda chiqindi muammosi nafaqat O‘zbekistonni balki butun dunyo ahlini tashvishga solmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, so‘ngi yillarda maishiy va sanoat chiqindilari yildan-yilga ko‘payib boryapti. Ayniqsa, XXI asrda maishiy chiqindilar hajmining o‘sishi ekologik barqarorlikka juda katta salbiy ta’sirini ko‘rsata boshladi.

Tabiat resurslari vazirligi tashabbusi bilan “International Day of Zero Waste” (“Xalqaro chiqindisiz kun”) munosabati bilan bugun hududlarni tozalash aktsiyasi o‘tkazildi.

Qayd etish lozimki, Turkiya Respublikasi o‘tgan yili 105 ta davlallar bilan birgalikda butunjahon chiqindisiz kunini belgilash haqidagi rezolyusiyani qabul qilish tashabbusini ilgari surdi va Birlashgan Millallar Tashkiloli Bosh Assambleyasi 2022-yil 14-dekabrdagi 77-sessiyasida 30-martni har yili nishonlanadigan “International Day of Zero Waste”» («Xalqaro chiqindisiz kun «) deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Mazkur aktsiya respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, jumladan Toshkent shahridagi Istiqlol va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasidagi istirohat bog‘ida (“O‘zbekiston” mehmonxonasining orqa tomoni) hududi chiqindilarni saralab yig‘ish “Plogging” tadbiri amalga oshiriladi.

Ushbu kun munosabati bilan mamlakatimizda tashkil etilayotgan tadbirlar Tabiat resurslari vazirligining barcha boshqarma va bo‘limlari, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash Ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti, “Eko-energiya” ilmiy tatbiq etish markazi, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi, Davlat ekologik ekspertizasi markazi, Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi, Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish respublika markazi, Binolardan foydalanish va kapital qurilish direktsiyasi kabi tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, “International Day of Zero Waste” kuni barqaror iste’mol va ishlab chiqarish modellarini targ‘ib qilish, jamiyatning aylanaga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va nol chiqindi tashabbuslari 2030 Barqaror rivojlanish kun tartibini ilgari surishga qanday hissa qo‘shishi haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Chiqindilar sektori iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillik va tabiatning yo‘qolishi va ifloslanishning uch karra sayyoraviy inqiroziga katta hissa qo‘shadi. Insoniyat har yili taxminan 2,24 milliard tonna qattiq maishiy chiqindilarni hosil qiladi, shundan atigi 55 foizi nazorat qilinadigan ob’ektlarda boshqariladi. Har yili taxminan 931 million tonna oziq-ovqat yo‘qoladi yoki isrof qilinadi va 14 million tonnagacha plastik chiqindilar suv ekotizimlariga kiradi.

Chiqindisiz tashabbuslar chiqindilarni to‘g‘ri boshqarishga yordam beradi, chiqindilarni minimallashtirish va oldini oladi, uch karra sayyora inqirozini hal qilishga, atrof-muhitni muhofaza qilishga, oziq-ovqat xavfsizligini oshirishga va inson salomatligi va farovonligini yaxshilashga yordam beradi.

Butun duyoning eng og‘riqli global muammolaridan biriga aylangan chiqindilar masalasi mamlakatimizda ekologiya va atrof muhit muhofazasiga oid strategiyaning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Chiqindisiz hayotga erishish hammamizning, har birimizning o‘z qo‘limizda!

Dilrabo Boboyeva