8-dekabr – O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni muborak bo‘lsin!
Hurmatli yurtdoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning erkinlik, adolat va farovonlik sari intilishining yorqin ramzi, davlatimizning mustahkam poydevori hisoblanadi.
Konstitutsiyamiz fuqarolarimizga o‘z huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat va jamiyat taraqqiyotida teng ishtirok etish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, tabiatni asrash, ekologik muvozanatni saqlash mas’uliyatini ham har birimizning burchimiz sifatida belgilaydi.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni ushbu muhim sana bilan samimiy tabriklaymiz! Keling, tabiatni asrab-avaylash, kelajak avlodlarga sog‘lom muhit qoldirish yo‘lida birgalikda harakat qilaylik.
Yurtimizda tinchlik va farovonlik bardavom bo‘lsin!
O‘rmon xo‘jaligi agentligi