Qidirish
29/11/23, 16:52
1253

“9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”

Korruptsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Hozirgi kunda korruptsiya muammosi xalqaro miqyosdagi kabi respublikamizda ham dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shu bois unga qarshi kurashish xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon davlatlari siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Korruptsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish tizimini barpo etishda keng ko‘lamli xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ularga tanqidiy yondashgan holda, milliy qonunchilik asosida amaliyotga tatbiq etish lozim bo‘ladi.

Bugun “9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan respublikamizda o‘tkazilayotgan Aksilkorruptsiya oyligi doirasida O‘rmon xo‘jaligi agentligida “Ochiq eshiklar kuni” ZOOM platforma orqali tashkil etildi. Tadbir O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori N.Bakirov raisligida o‘tkazilib, unga tegishli bo‘linmalarning rahbarlari va mas'ul xodimlari, tizimdagi barcha o‘rmon xo‘jaliklari hamda tashkilotlarning rahbar va mas'ul xodimlari, shu bilan birga matbuot xodimlari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining maslahatchisi O.Abdumannobov, O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining mas'ul xodimi A.Yunusovlar o‘zlarining mavzu yuzasidan ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.