Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Umrboqiy meros" O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi huzurida tashkil etilgan "Qirqqiz" akademiyasining taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Ushbu tadbirda jamiyatimizning faol ayollari, olimalari, shoiralari, huquqshunoslari qatnashib, o‘z ma’ruzalari bilan mehmonlarni tanishtirishdi. O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori maslahatchisi Yulduz Oripova ham o‘z nutqida tadbir qatnashchilariga bugungi kunda ayollarimizga bo‘layotgan e’tibor, ularning jamiyatdagi faol bo‘lishiga katta imtiyozlar yaratilayotganini aytib o‘tdi.
Va albatta tadbirda qatnashgan san’at ustalarining chiqishlari ayollarimizni kayfiyatini yanada ko‘tardi!
Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning ayollarimiz haqida aytgan ushbu so‘zlari bugungi tadbirning ham bir isbotidir.
- " Sizlarning mana shunday ochilib, hayotdan rozi bo‘lib yurishingiz uchun, sizlarning baxt-u saodatingiz uchun doimo sidqidildan xizmat qilishga tayyormiz. Istaymizki, mana shunday quvonchli kunlarimiz ko‘p bo‘lsin. "
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti
Sh. Mirziyoyev.