Qidirish
24/06/24, 09:35
1893

AMARANT O‘SIMLIGI SALOMATLIK UCHUN FOYDALI MODDALAR MANBAYI

Amarant  eng qadimgi madaniy  o‘simliklardan biridir. Bir necha  ming yillar  davomida u loviya va makkajo‘xori bilan birga Janubiy Amerika va Meksikaning asosiy don ekinlaridan biri edi. Zamonaviy Osiyoda amarant Hindiston, Pokiston, Nepal va Xitoyning ba’zi aholisi orasida  don va sabzavot ekinlari sifatida mashhur.

AQSH Milliy Tadqiqot Kengashining “Amarantning zamonaviy istiqbollari”  kitobida nashr etilgan  ma’lumotlariga ko‘ra, amarant donalari , bug‘doy, guruch yoki makkajo‘xori  kabi boshqa  mashhur donlarga qaraganda  16% ko‘proq proteinni o‘z ichiga oladi.  Proteinni hazm bo‘lish darajasi hayratlanarli: u 90% ni tashkil etadi, bu soya , sut yoki bug‘doyning oqsil hazm  bo‘lish darajasidan  sezilarli darajada  yuqoriroq, deb yozadi  Amerikaning “Bizning dunemiz”  ilmiy jurnalida Villayam Malten. Amarant linoliy, olein kislotalari kabi odamlar uchun muhim yog‘larni o‘z ichiga oladi.

Oziq-ovqatlarda amarantni muntazam  ravishda iste’mol  qilish immunitet tizimini  sezilarli darajada  mustahkamlashi va yangi kasalliklar xavfini  kamaytirishi  mumkin. Amarant, unining pektinlari  tanaga kiradigan  toksinlarni zararlantirishi mumkin. Amarant radioaktiv nurlanishdan  zararni kamaytiradi, chunki uning tarkibida  flavanoid kvarsetin mavjud. Amarant shuningdek  A,V,S,Ye,D,K vitaminlari va minerallar – kalsiy, fosfor, magniy, sink, selen kompleksini o‘z ichiga olishi bilan qimmatlidir. O‘simlik  tolalarga boyligi bilan   foydalidir. Don tarkibidagi pektin ichaklarni tozalaydi, lizing moddasi immunitetni yaxshilaydi va bosh og‘rig‘ini yengillashtiradi,  rutin qon tomirlarini mustahkamlaydi va tomirlarni varikozdan  asraydi. Amarant kukuni  juda foydali va yaxshi hazm bo‘lgani uchun bolalar ovqatiga ham qo‘shiladi. Homilador ayollar uchun ham amarant krupasi  don mahsulot sifatida ruxsat berilgan.

Amarant yog‘ining foydali va shifobaxsh xususiyatlari: yallig‘lanishni davolaydi, yuzdagi qizarish, dog‘larni, akne va teridagi sellyulitni kamaytiradi. Ichaklarni chiqindilar va toksinlardan tozalaydi, zararli mikroflorani bostiradi.  Hazm qilishni normallashtiradi., metabolizmni tezlashtiradi. Amarant yurak qon tizimi va qon tarkibiga  foydali ta’sir ko‘rsatadi. Shakar va xolesterin miqdorini mo‘tadillashtiradi   va qon bosimini pasaytiradi.  Shuningdek u asab tizimining kasalliklariga  yordam beradi, mushak suyak tizimini mustahkamlaydi, va shuningdek  ko‘p miqdordagi tolalar va  sekin uglevodlar  vaznni kamaytirishga yordam beradi.    Ushbu o‘simlikning bargidan qilingan bo‘tqasimon modda   teriga surtilganda qoraqo‘tir, qichitma,  issiq shishlar, , so‘gal va yaralarni davolaydi. Xalq tabobatida amarntning  yangi uzilgani   ichni yumshatishga va qon oqishini to‘xtatish uchun ishlatiladi. Amarantning damlamasi  sil kasalligida,  ko‘p qon yo‘qotishni oldini olib,  mental  va gemorroy qon ketishlarida yordam beradi.

Hozirgi vaqtda dunyoda vatani asli Janubiy Amerika bo‘lgan amarantning 50 dan ortiq  turlari mavjud. Qadimgi manbalarda va ba’zi kitoblarda u “qadimiy gul” deb ataladi. Ilgari u ko‘plab urf-odatlar va marosimlarda  ishlatilgan. BMT tomonidan  asr madaniy  o‘simligi  sifatida  tan olingan amarant farmatsevtika,  oziq -ovqat va chorvachilik sanoatini rivojlantirish uchun  muhim xom ashyo hisoblanadi.

Bugungi kunda bu o‘simlik  ko‘plab mamlakatlarda , xususan Xitoy, Hindiston, Meksika , Ispaniya  va Rossiyada ko‘p miqdorda yetishtiriladi. Mamlakatimizda, jumladan Andijon viloyatida  Andijon davlat Universiteti professori Mo‘ydinjon Mo‘minov  rahbarligida ushbu o‘simlikni yetishtirish , mahalliylashtirish  va hayotimizning turli jabhalarida  foydalanish borasida qator amaliy va ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shunday qilib, andijonlik olimlar tomonidan   keyingi to‘rt yilda “O‘zbekiston”, “Andijon”, “Ulug‘ nor” kabi yangi navlar yaratildi. Bu navlar ekilgan maydonlardan yuqori hosil olindi.  Ayni paytda Marhamat va Qo‘rg‘ontepa viloyatlarida  sertifikatlangan urug‘chilik  markazi tashkil etilgan. Ular saralangan amarant urug‘larni  Respublikamizning boshqa hududlariga  yetkazib berish bo‘yicha  tizimli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Yuqorida aytilgandek, amarandan farmatsevtika uchun zarur moddalar olinadi. Eng muhimi bu o‘simlikni yetishtirish uchun  ortiqcha mehnat va harakatlar talab qilinmaydi. Hosilni yig‘ib olishning   iqtisodiy samaradorligi yuqori. Keyingi yillarda  katta maydonga  amarant ekilib , mo‘l hosil va  shunga yarasha  daromad olindi. “GOLD AMARAND BIG 62” mas’uliyati cheklangan jamiyati  joriy 2023-yilda  ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi , Surxondaryo va Qashqadaryo  viloyatlarida  45 gektar  maydonga  amarant ekdi. Bu yerlarda  juda kam sug‘orilgan , yoki umuman sug‘orilmagan hollar bo‘lsa-da, hosildorlik juda baland bo‘ldi. Bu esa suvsizlik muammosi davrida juda muhimdir. Kelgusi yilda O‘zbekistonning  har xil viloyatlarida 1000 gektarga yaqin  yerlarga amarant  ekilishi rejalashtirilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha , amarantning mevalari, poyasi va hatto  urug‘lari juda foydali. Xo‘sh, undan  qanday mahsulotlar  ishlab chiqariladi? Amarant chorvachilikda  ozuqa zaxirasini mustahkamlashda  muhim rol o‘ynaydi. Bu ekin ekilgan bir gektardan  200 tonnaga yaqin  yashil massa (silos) olish mumkin. Bu massa makkajo‘xoridan  olingan massadan bir necha barobar  ko‘p, bundan tashqari , u turli vitaminlarga boy  bo‘lgani uchun  sigir suti mahsuldorligini ikki baravar oshiradi, qoramol va qo‘ylarni  tez semirtiradi. , Shuningdek, bir gektar  amarantdan 2,5 tonna  don olish mumkin, undan  sovuq presslash orqali  yuqori sifatli  moy olinadi.

 Nihoyatda shifobaxsh xususiyatga  ega bo‘lgan amarant yog‘i tibbiyotda  o‘nlab dori vositalarni  tayyorlash uchun  ishlatiladi.  Shu bilan birga, shuni ta’kidlash kerakki, amarant diabet, ishemik va onkologiya kasalliklarini davolashda , qon bosimini normallashtirishda  samarali natija beradi.  Amarantning ildizi esa  enurez va kamqonlik kabi  kasalliklarga  yaxshi davo berdi. Bu nasldor chorva uchun ham ekologik toza, yuqori samarali ozuqa hisoblanadi. Sovuq presslangan amarant massasi esa  dorivor oziq -ovqat mahsulotlarini tayyorlashda ishlatilishi mumkin. Quruq amarant poyasini o‘tin sifatida ishlatish mumkin.

Andijon Universiteti olimlari tomonidan amarantdan 15 turga yaqin mahsulot  tayyorlandi. Shulardan biri “Amarant Bio choy”idir.  U inson tanasini biologik faol moddalar bilan to‘yintiradi. Ushbu mahsulot inson asab tizimining faoliyatini va qonni kislorod bilan ta’minlashni, shuningdek, tananing turli infeksiyalarga qarshi himoyasini yaxshilaydi. Amarantni urug‘ini ishlab chiqarish  markazi tomonidan Germaniyadan olib kelingan maxsus dastgoh yordamida amarant urug‘i yog‘i olinadi. So‘nggi yillarda “Andijon tajribasi” sifatida  sinovdan o‘tgan amarantni makkajo‘xori bilan  aralashtirib yetishtirish  tajribasi ham yaxshi samara berdi. Amarant va makkajo‘xori ekilgan maydonlarda  hosildorlik va daromad  bir necha barobar oshdi.  Bu chorvachilikda  ozuqa bazasini yanada  mustahkamlashda  ham muhim  ahamiyat kasb etmoqda.  Bir so‘z bilan aytganda , O‘zbekiston   Respublikasida  shifobaxsh va yuqori  iqtisodiy  foyda keltiradigan  amarant o‘simligini yetishtirish borasidagi ishlar  ko‘lami  yildan yilga  kengaymoqda.