Qidirish
17/03/23, 06:00
1326

Ayol hamisha ulugʻdir!

Mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish siyosatimizning ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanib ulgurdi.

Oʻrmon xoʻjaligi agentligida 8-MART Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Bayramda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori Bakirov Nizomidin boshchiligidagi mutasaddilar barcha ayol va kizlarni bayram bilan mubarakbod etdi.

Shuningdek, turli sohalarda mehnat qilayotan aziz ayollarimizning oʻrni beqiyos ekani, yurtimiz taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissalari alohida taʼkidlandi hamda Oʻrmon xoʻjaligi sohasida ham xotin-qizlarning faoliyat koʻrsatishining oʻzi qahramonlik va tahsinga sazovorligi aytib oʻtildi.


Tadbirda xotin-qizlarga sovgʻalar topshirildi va goʻzallik ramzi boʻlgan gullar ulashildi.

Dilrabo Boboyeva